Get Mystery Box with random crypto!

#ochiqlik_indeksi Soliq qoʻmitasi matbuot kotibi faoliyati yu | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#ochiqlik_indeksi

Soliq qoʻmitasi matbuot kotibi faoliyati yuqori baholandi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Ochiqlik indeksining birinchi indikatori – Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi eʼlon qilindi.

Ushbu reytingda 2023-yil yakunlari boʻyicha Soliq qoʻmitasi matbuot kotibi faoliyati qoʻmitalar ichida 3-oʻrinda qayd etildi.

Maʼlumot uchun, Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholangan.

Eslatib oʻtamiz, ochiqlik indeksi boʻyicha 2023-yil yakunlariga koʻra, Soliq qoʻmitasi respublika qomitalari ichida 2-oʻrinni egallagan edi.

Batafsil natijalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads