Get Mystery Box with random crypto!

#keshbek Ijtimoiy tarmoqlarda keshbek bo‘yicha chegaraviy miq | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#keshbek

Ijtimoiy tarmoqlarda keshbek bo‘yicha chegaraviy miqdor oʻrnatilishining ta'siri haqida eʼlon qilingan xabarlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 2 oyi davomida Soliq mobil ilovasida 62,6 mln chek uchun, shundan 32 mlntasi fevral oyida keshbek to‘langan.

2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan cheklar soni 25% (50 million chek), o‘tgan yilning fevraliga nisbatan esa 60% (20 mln chek) oshgan.

Keshbek xizmatidan foydalanuvchilar soni ham oshgan. Agar o‘tgan yilning yanvar-fevral oylarida 1,9 mln nafar fuqaroga keshbek berilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida keshbek olgan xaridorlar soni 3,2 mln nafarni tashkil etgan (o‘sish 68 %).

Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, keshbek summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatilishi mazkur jamoatchilik nazorati vositasining aholi orasida ommabopligini pasaytiraytirayotgani haqidagi xabarlarni asossizdir. Fuqarolarning bu boradagi faolligi ortib bormoqda va tadbirkorlar o‘rtasida halol raqobatni rivojlantirishga sabab bo‘lmoqda.
______
#кешбэк

В связи с публикациями в социальных сетях о влиянии установленного ограничения по кешбэку, Налоговый комитет сообщает следующее.

За 2 месяца этого года через мобильное приложение Soliq кешбэк выплачен по 62,6 млн чеков, из них 32 млн - в феврале.

В сравнении с январем-февралем 2023 года количество чеков выросло на 25% (50 млн чеков), а в сравнении с февралем прошлого года - на 60% (20 млн чеков).

Наблюдается рост и в числе пользователей услуги по возврату кешбэка. Если в январе-феврале прошлого года кешбэк получили 1,9 млн человек, то за такой же период текущего года число покупателей, которым выплачен кешбэк, увеличилось до 3,2 млн человек (рост составил 68%).

Сообщения о том, что введенное с этого года ограничение в сумме кешбэка снижает популярность этого инструмента общественного контроля среди населения, считаем необоснованными. Активность граждан в этой сфере по-прежнему растет и стимулирует развитие добросовестной конкуренции среди предпринимателей.