Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsla | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, mahalliy eksport qiluvchilarga sotish bilan shugʻullanishi mumkin

2024-yil 1-apreldan:

meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan* taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanmaydi;

2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Bunda, mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.
PQ-146-son 01.04.2024

*Bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmasligi belgilangan edi.
PF-228-sob 30.09.2022
__________
#новое_в_законодательстве

Самозанятые могут заниматься сбором сельхозпродукции в махаллях и ее реализацией отечественным экспортерам

С 1 апреля 2024 года:


в случае, если сумма валюты, не поступившая в рамках 1 экспортного контракта по плодоовощной продукции, не превышает 10% стоимости* всей продукции, отгруженной на экспорт, она не рассматривается в качестве просроченной дебиторской задолженности и к субъекту предпринимательства штрафные санкции не применяются;

до 1 января 2026 года разрешается регистрация в качестве самозанятых физических лиц, занимающихся сбором сельскохозяйственной продукции в махаллях и ее реализацией исключительно отечественным предприятиям-экспортерам.
При этом договора купли-продажи между физлицами, занимающимися сбором и реализацией сельскохозяйственной продукции в махаллях, и отечественными предприятиями-экспортерами оформляются в специальном мобильном приложении налоговых органов.

№ ПП-146 от 01.04.2024 г.

*Ранее сумма валюты, не поступившей в рамках 1 экспортного контракта, не должна была превышать 5% стоимости всей продукции, отгруженной на экспорт.
№ УП-228 от 30.09.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads