Get Mystery Box with random crypto!

#onlayn_NKT Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart Tad | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
VMQ-943 23.11.2019

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads