🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#hamkorlik Gruziya Daromadlar xizmati Oʻzbekiston tajribasin | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#hamkorlik

Gruziya Daromadlar xizmati Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda

Gruziya Daromadlar xizmati bosh direktori oʻrinbosari Levan Sitelashvili boshchiligidagi delegatsiya Soliq qoʻmitasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Soliq qo‘mitasining Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmurchiligini isloh qilish” loyihasi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarini oʻrgandi.

Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev boshchiligidagi qoʻmita vakillari delegatsiya aʼzolarini zamonaviy axborot-texnologiyalari va ilgʻor dasturiy taʼminotlar joriy qilinishi, xususan, Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi faoliyati bilan tanishtirdi.

Amalda qoʻllanilayotgan dasturiy mahsullarning imkoniyatlari boʻyicha taqdimotlar namoyish etildi.

Tashrif yakunida Gruziyaning sohadagi ijobiy tajribasi yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads