🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#MXIK Mahsulot (xizmat)larga mos oʻlchov birligini tanlash l | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#MXIK

Mahsulot (xizmat)larga mos oʻlchov birligini tanlash lozim

Mahsulot xususiyatiga koʻra MXIKka bir yoki bir nechta oʻlchov birligi biriktiriladi.
Misol uchun hajmi ogʻirlikda oʻlchanadigan mahsulotlar uchun tonna, kilogramm, gramm. Bunda tonnada xarid qilib, kilogramm yoki grammda sotish mumkin.

Ammo keyingi paytlarda ayrim tadbirkorlar tomonidan EHF va cheklarda mahsulot (xizmat) xususiyatiga toʻgʻri kelmaydigan oʻlchov birliklaridan foydalanish holatlari tez-tez kuzatildi. Masalan, mol goʻshti litrda, tirik baliq kilometrda sotilgan.

Yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida faqat mahsulot (xizmat)lar xususiyatiga mos oʻlchov birligini tanlash mumkin.

Hozirda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida 370 mingdan ortiq MXIK va ularga tegishli oʻlchov birliklari bor.

Katalogda MXIKlar mahalliy bozorga yangi kirib kelayotgan mahsulot (xizmat)lar boʻyicha muntazam ravishda koʻpayib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads