🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Topics from channel:
Deklaratsiya
Декларация
Новое
Qonunchilikdagi
Знаете
Биласизми
All tags
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Topics from channel:
Deklaratsiya
Декларация
Новое
Qonunchilikdagi
Знаете
Биласизми
All tags
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.44K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 159

2022-12-27 18:48:25
#MXIK

Tovar va xizmatlar MXIKlariga biriktirilgan o‘lchov birliklarini qanday aniqlash mumkin?

tasnif.soliq.uz (http://tasnif.soliq.uz/) saytidagi "Elektron katalog" bo‘limida "Jadvalda ko‘rish" imkoniyatidan (https://tasnif.soliq.uz/catalog) foydalaning.

Onlayn rejimda jadvalning "Biriktirilgan (qatʼiy)" ustunida o‘lchov guruhi va birliklari, shuningdek, MXIK kodlariga biriktirilgan qadoqlar ko‘rsatilgan.

O‘lchov guruhlari deganda mahsulotni bitta mezon (masalan, og‘irlik) bo‘yicha tavsiflovchi shartli birliklarning “paketi” tushunilishi kerak. O‘lchov guruhlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha o‘lchov birliklaridan (shartli birliklar) foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda MXIK kodlariga biriktiriladi.

Bu orqali EHFlarda o‘lchov guruhining butun “tarkibi” aks etadi.

Misol: Agar MXIK kodiga "og‘irlik guruhi" biriktirilgan bo‘lsa, EHFda milligramm, gramm, kilogramm, sentner, tonna, ming tonna birliklari shakllanadi.

O‘lchov guruhlari va shartli birliklar klassifikatorining strukturasi bilan "O‘lchov birliklari klassifikatori va tuzilishi" tugmasini bosish orqali tanishishingiz mumkin (o‘lchov birlik klassifikatori va YEIIO‘ hisobini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan).

Shunday qilib, o‘lchov guruhlariga quyidagilar kiradi:
vaqt birliklari – yil, oy, tunu-kun, kun, soat, daqiqa, soniya;
og‘irlik birliklari – ming tonna, tonna, sentner, kilogramm, gramm, milligramm;
maydon birliklari – gektar, yuz kvadrat metr (sotih), kvadrat metr, kvadrat detsimetr, kvadrat santimetr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
18.9K views15:48
Open / Comment
2022-12-27 16:25:49
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Marketpleyslar integratsiyasi natijasida xaridorlarga 11,8 trln so‘mlik 444 mlnta elektron chek taqdim etildi.

78,4 mlnta elektron chek "Soliq" mobil ilovasida avtomatik shakllanib 17,6 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
17.2K views13:25
Open / Comment
2022-12-27 10:29:57
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Mahalla budjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi

“Mahalla budjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”
gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ–458-son, 26.12.2022-y.)

Mazkur qarorga muvofiq, 01.01.2023-yildan:

Beruniy (Qoraqalpog‘iston);
Andijon (Andijon);
Zomin (Jizzax);
Qarshi (Qashqadaryo);
Karmana (Navoiy);
Uychi (Namangan);
Urgut (Samarqand);
Jarqoʻrgʻon (Surxondaryo);
Sayxunobod (Sirdaryo);
Boʻka (Toshkent v.);
Bagʻdod (Fargʻona);
Bogʻot (Xorazm);
Uchtepa (Toshkent sh.)
tumanlarida huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
Mazkur tizim doirasida mahallalar tomonidan jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻi va yer soliqlarini aholining soliq toʻlash savodxonligini oshirish orqali undirishga koʻmaklashiladi.

Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soligʻi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10 %i hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli Jamgʻarmalarga yoʻnaltiriladi.

01.03.2023-yilgacha mahallalarga mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan, toʻlangan mablagʻlar va soliq qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
20.9K views07:29
Open / Comment
2022-12-26 19:08:21
Amaliy sa’y-harakatlarning yuksak e’tirofi

Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti tomonidan davlat soliq xizmatida faoliyat yuritayotgan ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada kengaytirish va ularning ishchanlik kayfiyatini oshirish maqsadida yil davomida turli madaniy tadbirlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, 26-dekabr kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti-2022” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rilishi tizimda ayni masalaga bo‘lgan munosabatning amaldagi e’tirofi bo‘ldi, deyish mumkin.

Bundan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan “Ayolga saodat bering” nomli ijtimoiy roliklar tanlovida ham Davlat soliq qo‘mitasi tizimda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik aks etgan videorolik bilan munosib ishtirok etib, 1-o‘rinni egallagan edi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2.4K views16:08
Open / Comment
2022-12-26 15:13:40
#keshbek

"Soliq" mobil ilovasi orqali to'langan keshbek 695,5 mlrd so'mdan oshdi

Yil boshidan (yanvar-noyabr) 1 685,7 ming nafar iste'molchiga 695,5 mlrd so'm keshbek to‘lab berildi.

To‘langan keshbek summasi oylar kesimida:

Yanvar – 15,5 mlrd so'm;
Fevral – 23,3 mlrd so'm;
Mart – 41,2 mlrd so'm;
Aprel
– 53,3 mlrd so'm;
May – 59,7 mlrd so'm;
Iyun – 73,4 mlrd so'm;
Iyul – 78,1 mlrd so'm;
Avgust – 87,6 mlrd so'm;
Sentabr – 90,5 mlrd so'm;
Oktabr
– 87,0 mlrd so'm;
Noyabr
– 85,9 mlrd so'm.
__________
#кешбэк

Кешбэк, выплаченный в мобильном приложении "Soliq", превысил 695,5 млрд сумов

С начала года (январь-ноябрь) в мобильном приложении "Soliq" 1 685,7 тысячам потребителей выплачена сумма кешбэка в 695,5 млрд сумов

Выплаченная сумма кешбэка в разрезе месяцев:

Январь – 15,5 млрд сумов;
Февраль – 23,3 млрд сумов;
Март – 41,2 млрд сумов;
Апрель – 53,3 млрд сумов;
Май – 59,7 млрд сумов;
Июнь – 73,4 млрд сумов;
Июль – 78,1 млрд сумов;
Август – 87,6 млрд сумов;
Сентябрь – 90,5 млрд сумов;
Октябрь – 87,0 млрд сумов;
Ноябрь – 85,9 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
11.6K views12:13
Open / Comment
2022-12-26 12:00:54 #elon

Hurmatli foydalanuvchilar

"Soliq" mobil ilovasining ish faoliyati tiklandi, ilovada ma'lumotlar to'liq shakllanmoqda.
______________
#объявление

Уважаемые пользователи

Работа мобильного приложения "Soliq" восстановлена, данные в приложении полностью отображаются.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
16.0K views09:00
Open / Comment
2022-12-26 10:11:50
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat personallashtirish markazi bilan ma'lumotlar almashishda yuzaga kelayotgan texnik muammolar sababli "Soliq" mobil ilovasida uzilishlar kuzatilmoqda.

Bu uzilishlar hisoblangan keshbek summalariga ta'sir qilmaydi.

Mazkur holatni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada mobil ilova odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.
_________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

В виду технических проблем, возникающих при обмене данных с Государственным центром персонализации, наблюдаются временные сбои в мобильном приложении "Soliq".

Данные сбои не влияют на начисленные суммы кешбэка в мобильном приложении "Soliq".

Приняты меры для оперативного устранения данных сбоев. В скором мобильное приложение заработает в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
2.1K views07:11
Open / Comment
2022-12-26 09:05:33 Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned a photo
06:05
Open / Comment
2022-12-26 09:05:25
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Сheklar ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng keshbek summalari to‘lab berilishi belgilangan

Noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek summalari tasdiqlanyapti.

Keshbek summalari to'liq tasdiqlanganidan so'ng dekabr oyning 25-sanasidan keyin bank kartangizga o'tkazib olishingiz mumkin.
__________
#кешбэк

Когда подтверждаются суммы кешбэка

Суммы кешбэка выплачиваются после 25 числа месяца, следующего за месяцем, в котором зарегистрированы чеки.

Чеки, зарегистрированные в ноябре, находятся в процессе подтверждения.

При полном подтверждении сумм кешбэка
их можно перевести на банковские карты после 25 декабря.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
1.9K views06:05
Open / Comment
2022-12-26 08:11:26
#tayinlov

6 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi, ularning teng yarmi ayollar

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

Kabulova Almagul Orinbayevna Taxiatosh tumani DSI;

Ruzimova Sanobar Egamberdiyevna Tuproqqal'a tumani DSI;

Abdullayev Sardor Aminbayevich Qo‘shko‘pir tumani DSI;

Sultanov Inomjon Ikromovich Shovot tumani DSI;

Qobilov Husniddin Nurmuxammadovich Guliston shahar DSI;

Inatova Dilrabo Erkinovna Shirin shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga rahbar etib tayinlangan ayollar soni 7 nafarga yetdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
10.0K views05:11
Open / Comment