🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Topics from channel:
Deklaratsiya
Декларация
Новое
Qonunchilikdagi
Знаете
Биласизми
All tags
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Topics from channel:
Deklaratsiya
Декларация
Новое
Qonunchilikdagi
Знаете
Биласизми
All tags
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.44K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 17

2024-04-22 07:11:27 #soliq_taqvimi

Eslatma Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 22-aprel

mart oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);

- agar mart oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

I chorak uchun:

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 4547-modda 2- va 3-qism);

- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism, 340-modda 1-qism);

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 281-modda 3-va 4-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

Напоминаем Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 марта 2024 года последний день

за март:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в марте были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст. 454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за I квартал:

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2-3 ст.454(7) Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль
(ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме
(ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
14.5K views04:11
Open / Comment
2024-04-22 07:11:27
15.0K views04:11
Open / Comment
2024-04-21 11:32:45
#дайджест

SOLIQ VAQTI

Осуществляющие электронную торговлю уплачивают налог по ставке 2%

Для перехода на уплату налога с оборота в фиксированной сумме подайте уведомление через персональный кабинет

Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?

Ставки НДФЛ в фиксированном размере для индивидуальных предпринимателей

Размеры соцналога для индивидуальных предпринимателей

Не позднее 1 мая нужно представить отчетность по землям сельскохозяйственного назначения

Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН

22 апреля - последний день представления отчетности и уплаты НДС

Видеоинструкция по корректировке чеков

Онлайн-семинар по ЭСФ и НДС

Несвоевременное представление отчетности влечет за собой ответственность

За каждый день просрочки уплаты налога начисляются пени

Обратная связь с налоговыми органами

Telegram-бот по налоговому законодательству

Миссия МВФ по планированию налоговой реформы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
16.2K views08:32
Open / Comment
2024-04-21 07:24:42
#dayjest

SOLIQ VAQTI

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soliqni 2% stavkada to‘laydi

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi

YTTlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i stavkalari

Qishloq xoʻjaligiga mo‘ljallangan yerlar boʻyicha soliq hisoboti 1-maydan kechiktirmay taqdim etiladi

EHF va QQS hisoboti mavzusida onlayn seminar

O‘zbekistonda qancha jismoniy shaxs mulk va yer soliqlarini to‘laydi?

Soliq to'lashni kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.

Qayta aloqa axborot tizimi orqali soliq organlariga xabar yuborish

Soliq qonunchiligi telegram boti

XVJning soliq islohotlarini rejalashtirish bo‘yicha missiyasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
16.5K views04:24
Open / Comment
2024-04-20 19:19:08
#Sen_kuchlisan

Xasta qalblarga mehr ulashib...


Soliq qo‘mitasida “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida bemor bolalar ijodiga mansub san’at asarlari koʻrgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafarga yaqin bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan yaratilgan asarlar kimoshdi savdosi oʻtkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
17.8K views16:19
Open / Comment
2024-04-20 18:36:09
#taksi

Taksi xizmatini legallashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda

Soliq qoʻmitasi tomonidan taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilishi haqida xabarlar berilgan edi.

Soliq organlari xodimlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari hamda yo‘lovchi tashuvchilarga onlayn xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, faoliyatni qonuniy amalga oshirishning huquqiy asoslari, yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda.

Shuningdek, onlayn agregatorlar va taksi xizmatlariga soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun naqd va naqdsiz to‘lovlarni fiskallashtirishga ko‘maklashilmoqda.

Bunday manzilli uchrashuvlar Samarqand, Navoiy, Buxoro va Namangan viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
18.4K views15:36
Open / Comment
2024-04-19 15:27:29
#tayinlov

Navoiy viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Nazarov Sunnatulla Amirillayevich Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

S.Nazarov tayinlovga qadar Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nazarov Sunnatulla Amirillayevich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
18.2K views12:27
Open / Comment
2024-04-19 14:19:00 #qayta_aloqa
#mulk_soligi #yer_soligi

- Soliq mobil ilovamda onamning soliq qarzi ko‘rsatilgan, biroq onam 2022-yilda vafot etgan va nomidagi xonadon sotilgan. Buni qanday bartaraf etish kerak?

- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi

Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.
Soliq kodeksi 423-modda
Soliq kodeksi 440-modda

Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.
_________
#обратная_связь
#налог_на_имущество #земельный_налог

- У меня в мобильном приложении Soliq показывает налоговую задолженность за маму, но она умерла еще в 2022 году, а квартира была продана. Как это исправить?

- В органы государственной налоговой службы информацию о земельных участках или другом недвижимом имуществе, а также их собственниках предоставляют в электронной форме в режиме реального времени органы, осуществляющие государственную регистрацию прав на недвижимое имущество.
ч.3 ст.133 НК

На основании этих данных налоговыми органами производится исчисление налогов на имущество и землю физических лиц.
ст.423 НК РУз
ст.439 НК РУз

Если в мобильном приложении Soliq вы обнаружили несоответствие в сведениях о самих объектах, по которым начислены налоги на имущество и землю, или их владельцах, целесообразно обратиться в Палату государственных кадастров.

После того, как кадастровые органы исправят ошибки в своей базе данных, налоговая задолженность будет автоматически устранена.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
17.0K viewsedited  11:19
Open / Comment
2024-04-19 14:19:00
14.3K views11:19
Open / Comment
2024-04-19 12:32:25 #bilasizmi

Quyidagilar jismoniy shaxslar yer soligʻi toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi:
mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar;
yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari.

Soliq kodeksi 433-modda

Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi.
Bunda yer uchastkasini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslar yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslar yer soligʻi har yili 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlanishi lozim.
Soliq kodeksi 440-modda

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslar yer soligʻi ushbu soliqning toʻlovchilari deb eʼtirof etiluvchilar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanishi lozim.

Eslatib oʻtamiz Soliq toʻlash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
Soliq kodeksi 110-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
20.2K views09:32
Open / Comment