🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Savol: Auksionda ishtirok etish uchun to'langan badal puli | SURXONDARYO KADASTR

Savol: Auksionda ishtirok etish uchun to'langan badal puli qaytarib beriladimi?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to'g'risida” gi nizomning 72-bandiga asosan, auksion yakunlanganidan yoki o'tkazilmagan deb topilganidan so'ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:

oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o'n ikki ish kuni ichida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o'tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch
ish kuni ichida.
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu holat bo'yicha takroriy
auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisob raqamida qoldirilishi mumkin.
Auksion ob'ektining qiymatini to'liq to'lamagan auksion ishtiroklariga (auksion g'olibi va ikkinchi ishtirokchi) zakalat puli qaytarilmaydi.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati: