Get Mystery Box with random crypto!

#Kadastr #malumot “Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatd | SURXONDARYO KADASTR

#Kadastr #malumot

“Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yer kadastriga doir axborotlarni shakllantirilishida ma’lumotlar va hujjatlar olinadigan ma’lumotlar bazasiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ham kiritildi.

Yer kadastriga doir axborotni uning shakllantirilishiga, saqlanishiga, yangilab borilishiga va turiga qarab foydalanuvchilarga taqdim etadigan tashkilotlar ro‘yxati belgilandi.

Yer kadastriga doir axborot olmoqchi bo‘lgan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli yer uchastkasining o‘rnashgan joyi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt