🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

SAVOL BERING-JAVOB BERAMIZ Savol: Bino foydalanishga qabul q | SURXONDARYO KADASTR

SAVOL BERING-JAVOB BERAMIZ

Savol:
Bino foydalanishga qabul qilish uchun DXAga murojaat qilganimda murojaatimni ko'rib chiqish uchun davlat boji to'lagan edim, biroq mening murojaatim tuman kadastr filiali tomonidan ko'rib chiqib rad etildi. Men har safar murojaat etganimda to'lov to'lashim shartmi yoki avvalgisi kuchini yo'qotmaydimi?


Javob: VMning 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qarorining 7 ilovasi 20-bandida “Ariza beruvchi dalolatnoma loyihasini tayyorlash yoki kelishish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida davlat xizmati ko'rsatish uchun yig'imni to'lamasdan ob'ektni foydalanishga qabul qilish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega” deb belgilangan.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:

Aʼzolik: http://t.me/surxonkadastr