🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Sayyor_qabul DIQQAT E’LON! Hurmatli Beruniy tumani fuqarola | SURXONDARYO KADASTR

#Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Beruniy tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10-noyabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Beruniy tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasi «Yoshlar markazi» binosida.

Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon: (+99891) 370-07-68

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt