Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo#kadastr#yer_nazorati Kadastr agentligi Angor tuma | SURXONDARYO KADASTR

Surxondaryo#kadastr#yer_nazorati

Kadastr agentligi Angor tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorat tadbirlari davomida Angor tumani "Amudaryo" massivi hududida faoliyat yuritayotgan "Dilinura Angor" fermer xo'jaligiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 51q-dala konturidagi 0,04 gektar yer maydoniga fuqaro Xolliyev Elbek tomonidan tegishli ruxsat beruvchi xujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan uy joy qurish maqsadida poydevor qurilganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Angor tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilib to'plangan hujjatlar sud tartibida ko'rib chiqilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati: