Get Mystery Box with random crypto!

​​O'zbekiston Respublikasining 'Qishloq xo`jaligiga mo'ljallan | SURXONDARYO KADASTR

​​O'zbekiston Respublikasining "Qishloq xo`jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida"gi 2021 yil 15 noyabrdagi 728-son Qonuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Ushbu qonun 6-bob 44-moddadan iborat.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

bo'sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o'rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo'lgan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasi;

davlat ko'chmas mulk obyektlari — davlat mulki bo'lgan mulkiy majmualar (korxonalar), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar;

yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki bo'lgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasini O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o'tkazish;

elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni o'tkazish usuli bo'lib, bunda qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmog'idagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida auksiondan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizasiya qilinadi;

qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasi (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) — qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo'ljallanmagan yer uchastkasi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati