Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish k | SURXONDARYO KADASTR

Bugun Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, deb eʼlon qilingan.

2014 yilda BMT Bosh kotibi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo bo‘ylab 25 noyabridan 10 dekabrgacha “16 kun zo‘ravonliksiz!” shiori ostida jamoatchilikning faol ishtirokida tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ham ayollarni himoya qilish, ularning turli zo‘ravonliklarning qurboni bo‘lmasligi uchun kurashish dolzarb ahamiyatga ega. Joriy yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni mamlakatimizda ham keng nishonlanmoqda. “16 kun zo‘ravonliksiz!” shiori ostidagi
tadbirlarga start berildi.