Get Mystery Box with random crypto!

TARIX™

Logo of telegram channel tarix — TARIX™ T
Logo of telegram channel tarix — TARIX™
Channel address: @tarix
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 7.21K
Description from channel

Bizning guruh: @Guruh_tarix_gruppa
Hamkor kanal: @English_books_new
Kitoblar va testlar: @Tarix_kitoblari_bot
Reklama xizmati: @rg_agentlik

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 12

2022-06-20 05:02:13 #Qabul2022
Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Bugun, 20-iyun kuni 2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.

Abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan oʻtkazib, pasport maʼlumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud boʻlsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin.

Taʼlim yoʻnalishlarini esa 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻng tanlash mumkin boʻladi.

Abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz
sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻladigan boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin boʻladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Abituriyentlarga ulashing


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
3.1K viewsedited  02:02
Open / Comment
2022-06-19 19:55:50 Darslikda keltirilgan moddalar
(11-sinf O'zbekiston tarixi)

4-modda. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilishni ta'minlaydi.

8-modda. "O'zbekiston xalqini millatidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.

17-modda. "O'z. Res. xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi"

31-modda. "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi.

89-modda. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasi Raisi hisoblanadi" (Ushbu moddaning shu bandi 2003-yil olib tashlandi)

93-modda. Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo'mondoni hisoblanadi.

101-modda. Hokimlarning vakolat muddati – 5 yil.

105-modda. “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”.

106-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
3.5K viewsedited  16:55
Open / Comment
2022-06-19 19:45:55 Qur'oni karimda ismlari va hayot qissalari tilga olingan payg'ambarlar :

1. Odam alayhissalom
2. Idris alayhissalom
3. Nuh alayhissalom
4. Hud alayhissalom
5. Solih alayhissalom
6. Ibrohim alayhissalom
7. Ismoil alayhissalom
8. Is'hoq alayhissalom
9. Lut alayhissalom
10. Yaqub alayhissalom
11.Yusuf alayhissalom
12. Ayub alayhissalom
13. Zul-kifl alayhissalom
14. Shuayb alayhissalom
15. Muso alayhissalom
16. Horun alayhissalom
17. Ilyos alayhissalom
18. Alyasa alayhissalom
19. Yunus alayhissalom
20. Dovud alayhissalom
21. Sulaymon alayhissalom
22. Zakariyo alayhissalom
23. Yahyo alayhissalom
24. Iso alayhissalom
25. Muhummad alayhissalom

Payg'ambarlar tarixi kitobidan


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
3.0K viewsedited  16:45
Open / Comment
2022-06-19 19:35:46
Voydod tarixdan daxshat kanal topdik

Diqqat Asosiy blok fani tarix bo'lgan abiturentlar uchun maxsus kanal ochdik. Barcha abiturentlarni taklif qilamiz.

Tarixdan testlar ishlab, bilimingizni mustahkamlang.

@Tarix_DTM_testlari


Ushbu kanalda Viktarina testlar sizlarni kutmoqda...


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
2.6K viewsedited  16:35
Open / Comment
2022-06-19 19:29:02
"XRISTIAN DINI VA 9 HUKMDOR"

Xristian dinini boshqa dinlar bilan teng deb e'lon qilgan hukmdor ?
Konstantin

Xrsitian dinini varvarlar orasida birinchi bo'lib qabul qilgan hukmdor ?
Xlodvig

Xristian dinini sakslarga qabul qildirgan hukmdor ?
Buyuk Karl

Xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisblagan hukmdor ?
Otton III

Xristian dini aqidalari bo'yicha tarbiyalangan hukmdor ?
Vatslav

Xristian dinini o'z qo'shini bilan qabul qilgan hukmdor ?
Meshko I

Xristian dinini Konstantinopolga tashrif buyurib qabul qilgan hukmdor ?
Olga

Xristian dinini qabul qilishdan bosh tortgan hukmdor ?
Svyatoslav

Xristian dinini butun ruslarga qabul qildirgan hukmdor ?
Vladimir

Umid Shomurodov


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
2.6K viewsedited  16:29
Open / Comment
2022-06-19 18:59:01
YPX xodimi haydovchini to‘xtatib so‘ray boshlabdi:
— Haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Bor, marhamat.
— Mashinani texnik ko‘rik hujjati bormi?
— Albatta.
— Sug‘urta polisi?
— Bor.
— Aptechka?
— Bor.
— O‘t o‘chirgich?
— Bor.
— Mashinangizda radio priyomnik bormi?
— Bor. Nega?⠀
— Musiqani sho‘xidan qo‘ying!⠀
Nega ...

https://t.me/joinchat/VPNN6n-4Jrk3ipOv
2.6K views15:59
Open / Comment
2022-06-19 13:09:59
AMIR TEMUR janglari
1363-yil —Qunduz shahri yaqinida (Ilyosxo'jaga qarshi )
1365-yil 22-may— Chirchiq daryosi bo'yidagi "Loy jangi" (Ilyosxo'jaga qarshi)
1395-yil 15-aprel—Terek daryosi bo'yidagi jang (To'xtamishga qarshi)
1402-yil 20-iyul—Anqara jangi (Boyazdga qarshi)

AMIR TEMUR harbiy yurishlari
1366-1370— Bir necha to'qnashuvlar (A.Husayn qarshi)
1372-1388— Xorazmga yurish
1381-yil Hirot,Seiston,Mozandaron
1398-1399—Hindistonga yurish (Mahmudga qarshi)
1404-yil 27-noyabr—Xitoyga yurish

Umid Shomurodov


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
3.4K viewsedited  10:09
Open / Comment
2022-06-19 05:25:32
Darslik: 7-sinf jahon tarixi
O'rta asrlarda mavjud davlatlar va ularning poytaxtlari

Amerika Qit'asi
Mayyalar davlati - Chichen-Itsa
Asteklar davlati - Tenochtitlan
Inklar davlati - Kusko

Afrika Qit'asi
Mali davlati - Niara
Songai davlati - Gao

Muallif: Umid Shomurodov


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
1.5K viewsedited  02:25
Open / Comment
2022-06-18 20:56:25 Vazifasi va izohi bir xil yoki oʻxshash xudolar va ilohalar

Oliy xudolar
Braxma (Hindiston),
Ahuramazda (Zardushtiylik),
Zevs (Yunoniston),
Yupiter (Rim).

Quyosh xudolari
Amon-Ra (Misr),
Shamash(Mesopotamiya),
Mitra (zardushtiylik),
Gelios (Yunoniston).
Amaterasu (Yaponiya)

Suv xudolari
Ea (Mesopotamiya),
Anaxita (zardushtiylik),
Poseydon (Yunoniston),
Neptun (Rim)

Odillik va adliya ilohalari
Maat (Misr),
Femida (Yunoniston),
Yustitsiya (Rim).

Sud qiluvchi xudolar
Osiris (Misr),
Shamash (Mesopotamiya),
Yustitsiya (Rim).

Hosildorlik xudolari
Apis (Misr),
Ishtar (Mesopotamiya),
Anaxita (zardushtiylik),
Demetra (Yunoniston),

Momaqaldiroq xudolari
Indra (Hindiston),
Yupiter (Rim).

Oy xudolari
Tot (Misr),
Sina (Mesopotamiya)

Musiqa xudolari
Xatxor (Misr),
Apollon (Yunoniston).

Marhumlar saltanati xudolari
Osiris (Misr)
Aid. (Yunoniston)
Anubis (Misr)

Urush xudolari
Ares (Yunoniston)
Mars (Rim)
Ishtar (Mesopatamiya)

Donishmandlik xudolari
Ganesha (Hindiston)
Tot. (Misr)
Afina (Yunoniston)

May xudolari
Baxus (Rim)
Dionis (Yunoniston)

Uyqu xudolari
Morfey (Rim)
Gipnos (Yunoniston)

Savdo xudolari
Germes (Yunoniston)
Merkuriy (Rim)

Temirchilik xudolari
Vulqon (Rim)
Gefest (Yunoniston)

dtm_tarixdan_testlar.


Bizni kuzatib boring:
@TARIX
2.1K viewsedited  17:56
Open / Comment
2022-06-18 20:18:08  𝘖'𝘳𝘵𝘢 𝘢𝘴𝘳𝘭𝘢𝘳 𝘪𝘭𝘬 𝘥𝘢𝘷𝘭𝘢𝘵𝘭𝘢𝘳𝘪(1-qism)
___________________________________
XORAZM

III asrda Xorazmda bir nechta mahalliy hokimliklar mavjud bo'lgan

III asr o'rtalarida - Xorazm davlati Qangdan Ajralib chiqqan poytaxti - Tuproqqal'a edi 7soha rivojlangan

Hukmronlik ramzi burgut(Tuproqqala) va lochin(Anqaqala)

Milodiy 305-yilda -  Afrig' o'z qarorgohini Tuproqqal'adan  Kat shahriga ko'chiradi, kumush tangalar zarb zarb ettirgan

Vizantiya va turklar bilan diplomatik Aloqalar qilgan

Xorazmda hukmronlik qilgan sulolar (xorazmshohlar):

Afrig'iylar sulolasi - IV asrdan - X asrga qadar (995 yillar)

Ma'muniylar sulolasi - 995-1017-yillar

Anushtaginlar sulolasi- 1040-1231-yillar

XIONIYLAR DAVLATI

IV asrning 70-yillaridan - V asrning ikkinchi yarmiga qadar -  O'rta Osiyoda xioniylar hukmronlik qilishgan

Davlat markazi Zarafshonda bolgan

Hududi Shim Hind mar Tohar Afg`on Xuroson

Xioniylar O'rta osiyoda 120 yil faoliyat yuritgan


Telegram •|• Kutubxona
2.1K viewsedited  17:18
Open / Comment