🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ingliz tiliga qanday kirib keldim? Ingliz tiliga bo'lgan sa | TheSafarmurodovBlog

Ingliz tiliga qanday kirib keldim?

Ingliz tiliga bo'lgan sarguzashtlarim ilk bora maktab davrlarimdan boshlangan, adashmasam o'sha payti 2 yoki 3-sinf bo'lganman. Dastlabki ingliz tili ustozlarim opalarim bo'lgan, ilk bora ingliz tilini ularni oldiga borib o'rgana boshlaganman lekin u davrda yosh bo'lganim uchun menda hech qanday murakkab yodlangan narsalar, so'zlar, gramatik qoidalar va umuman olganda hech narsa qolmagan. Shunday qilib ingliz tiliga ilk kirib kelishim muvaffaqqiyatsiz bo'lgan desam mubolag'a bo'lmaydi.

Keyinchalik 5-sinf bo'lganimizda ingliz tilini o'rganish darslik sifatida kiritilgandi va bizga bir ustozimiz darslarni juda yaxshi qilib o'rgatardi. Shu sababdan o'sha paytlarda ingliz tiliga bo'lgan qiziqishim sababli ingliz tili o'qituvchimizning qo'shimcha darslariga qatnasha boshlaganman. Adashmasam 2 yoki 3 oy mobaynida qo'shimcha darslarga qatnashganman va bundan o'rgangan narsalarim - to be feli, bo'lmoq, am/is/are va 20, 30 ta so'z.

Haqiqiy ingliz tilini o'rganishni esa 7-sinfimda boshlaganman. Maktab darsliklarida imkon qadar ustozlarimiz bergan ingliz tili darslarini bajarishga harakat qilganmiz. Tepadagi ustozlarimni hurmat qilgan holda, haqiqiy birinchi ustozim Dilfuza opa Butaeva bo'lganlar. Ingliz tili ustozi sifatida Dilfuza opa 7-sinifimizdan dars berishni boshlagan va shu ustozimizni darslaridan ilk marta ingliz tilini yaxshi o'rganishni boshlaganman. Bundan tashqari Dilfuza opani qo'shimcha darslariga qatnashishni ham boshlaganmiz va bu bizning ingliz tilidagi haqiqiy ilk qadamimiz bo'lgan.

Dilfuza opani qo'lida o'qishim 3 yil davom etgan - 7, 8, 9-sinflar va manashu 3 yil mobaynida birgina qizil murphy'ni va English Vocabulary in Use nomli kitoblarni o'qib tugatganmiz. Endi shunda ingliz tilini o'rganishga bo'lgan xohish hozirgichalik kuchlimas edi, to'garakga borib o'rganadiganlar ham sanoqli bolalarni tashkil qilardi. Nu baribir tilni o'rganishga harakat qilganmiz va maktabni tugatgan vaqtimiz qizil murphyni bilganmiz

Manashu kitoblarni o'rganishim bilan mening ingliz tilidagi faoliyatim boshlangan...