Get Mystery Box with random crypto!

TheSafarmurodovBlog

Logo of telegram channel thesafarmurodovblog — TheSafarmurodovBlog T
Logo of telegram channel thesafarmurodovblog — TheSafarmurodovBlog
Channel address: @thesafarmurodovblog
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 526
Description from channel

©️ Personal blog of Ilhombek Safarmurodov
- IELTS instructor (8 overall)
- Grammar Teacher
- 6 years of experience in teaching!
- a founder and a CEO of @winners_academyUz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages

2021-09-04 08:27:15 Allohga behisob shukrlar bo'lsinki, natijalar juda ajoyib . O'tgan yil 50+ talaba chiqargandim, yil boshida 75+ maqsad qilingan edi. The goal is achieved
312 views05:27
Open / Comment
2021-09-03 13:10:08 Mandat yaqin! Rekord yangilaymiz, InshaAlloh
302 views10:10
Open / Comment
2021-08-28 19:03:28 4 yillik faoliyatdan keyin, hayotimda tub burilish yasashga qaror qildim, va o'zimni yanada o'stirish uchun mustaqil bo'lishga qaror qildim! Shu sababli, Harvard Language Centerdagi faoliyatimni tugatib o'z o'quv markazimga asos solyapman!

Osmon yiroq, yer qattiq, qaror og'ir bo'lishini bilaman, lekin meva shirin bo'ladi degan umidda, Allohga tavakkul qilib, yangi ish boshladim!
720 views16:03
Open / Comment
2021-08-27 19:30:35
Hali mandat chiqmadi, lekin 2 ta abituriyentim talaba bo'lgani haqida bomba yangilikni eshitdim. Qodir va Eldor Milliy Gvardiya ga qabul qilinibdi!

Pochin ochildi

Well done, guys. You are real winners
750 views16:30
Open / Comment
2021-08-25 07:57:04 Hamma narsaning boshi va yakuni bordek, mening ham Harvard Language Centerdagi missiyam o'z nihoyasiga yetmoqda....
902 viewsedited  04:57
Open / Comment
2021-08-24 11:13:02 Yangi mavsum va Harvard

2020-yil sentyabr
oyidan boshlab o'qituvchilik faoliyatimning 4-yili boshlandi. Bunda to'laqonli katta o'qituvchi bo'lib mustaqil faoliyat olib borishni boshladim, guruhlar ochdim va bu faoliyatimdagi eng katta yangiliklardan biri bitta katta guruh ochganim bo'ldi. Bundan tashqari bir nechta "0" lik gramatika va IELTS guruhlarim ham bor edi.

Bu yilda ham albatta o'qituvchilik tajribamga tajribalar qo'shildi va yana yangi bir darajaga chiqdim. Yanvar oyida biz o'quv markaz sifatida kattaroq, yaxshiroq joyga ko'chdik va o'quv markazimizga nom kerak edi. Va o'shanda "Harvard Language Center" degan nom meni hayolimda aylanardi va meni taklifimga ko'ra o'quv markazga "Harvard Language Center" deb nom berdik.

Bu juda ajoyib edi, katta bir markazga aylangandik, faoliyatimiz ham juda bir ajoyib tarzda davom etardi. Shu bilan bu mavsum ham o'z nihoyasiga yetgandi. O'quvchilarimizning davlat imtihonlaridagi ballari chiqdi, ballar juda ajoyib. 20 talik testlarddan 17,18,19,20 ta natijalar edi.

O'quvchilar meni juda xursand qildi, endi plankani yanada balandga ko'tardim. O'tgan yilgi plan 50 tadan yuqori talaba chiqarish bo'lsa bu yil 75 tadan ortiq va ishonamanki Allah nasib qilgan bo'lsa bunga ham erishamiz

Shu bilan 4-yilgi faoliyatim ham o'z nihoyasiga yetdi.
921 views08:13
Open / Comment
2021-08-24 04:06:02 Karantindan keyingi natijalar

Karantindan keyin o'quvchilarim imtihonga topshirdilar. Karantin payti juda qo'rqqandik chunki ta'lim online'da bo'lganligi uchun mavzularni yaxshi tushuntirib bera oldimmi deb odam ozgina havotirga tushardi. Lekin natijalar uyaltirib qo'ymadi.

O'sha yili ta'lim online'da bo'lishiga qaramasdan, Allahga behisob shukurlar bo'lsinki 50 tadan ziyod o'quvchilarim talabalik baxtiga erishdi. Bu men uchun juda-juda katta muvaffaqiyat edi.

Aslida ham o'quvchining talaba bo'lishi quvonarli biroq o'quvchilarning online tarzda o'qib, qiynalib bu darajaga erishishlari yanada quvonarli. Bularning barchasi uchun Allahga behisob shukrurlar bo'lsin!
675 views01:06
Open / Comment
2021-08-23 17:19:02 Karantin!

Bu o'sha davr, biz hammamiz bilgan, biz hammamiz yomon ko'rgan karantin davri. 15-mart kuni butun yurtimizda karantin bo'lishi e'lon qilindi va barcha offline faoliyatlar to'xtatildi. Bizni oldimizda qiyin bir vazifa turgandi chunki bizni juda ko'p abituriyentlarimiz bor va ularni shunchaki tashlab qo'yib bo'lmasdi. Bizda bittayu-bitta yo'l qolgandi, bu online ta'lim.

Online o'qitish bo'yicha judayam ko'p fikrlar bo'lgandi - video darslar qilish va boshqa boshqa fikrlar. Lekin hammasida ham bir qancha "+" va "-" lar bo'lgandi, misol uchun video darslar uchun hamma joyda ham yaxshi internet bo'lmasdi va hokazo. Shu sababdan eng maquli telegramda darslar tashkil qilish bo'lgandi va biz telegramda faoliyatimizni boshlagandik.

Eng qizig'i men offline'da soat 14:00 dan 20:00 gacha ishlasam, online'da ertalabdan tungacha ishlardim. Har kun ertalab turardim, o'tiladigan mavzularni tayyorlardim, audio shaklda vazifalar berardim keyin butun kun uy ishilarni tekshirib chiqardim ertasi kun esa yana vazifalar tayyorlardim va butun kunim shu tarzda davom etardi.

*Online tizimimiz o'z faoliyatini oqladi, offline'chalik bo'lmasa ham o'quvchilarga juda ko'plab narsalarni o'rgata oldim deb o'ylayman. Barcha o'quvchilarni nazorat qilardim, o'qimaganlarga vitamin bera olmasam ham baqirib-baqirib turardim va faoliyatim shu tarzda davom etardi...

Eng quvonarlisi, ta'lim tizimimiz online'da bo'lsa ham maqsad qilganimcha o'quvchilarim universitetga kirishgandi
618 views14:19
Open / Comment
2021-08-23 12:14:45 Ulkan ma'suliyatlar davri

O
'qitish yilimning 3-yili sentyabr oyidan boshlandi, ajoyib o'qitish davri. Bu davrni men ulkan ma'sulyatlar davri deb aytsam bo'ladi chunki bu yilda ma'sulyatlar va o'qitish hajmi menda ancha kattargandi.

Bu davr assistentlik faoliyatimning nihoyalangan payti edi, bundan tashqari 3 ta gramatika guruh ochib berishgandi va 2 ta IELTS guruhlarim ham bor edi. Bularning bari esa menga juda katta ma'sulyat yuklardi. Gramatika guruhlarimning bittasi butun boshli maktab o'quvchilari edi va ularni o'qitish qiyin edi. Qolgan ikta grammar guruhlarim esa abituriyentlarni tashkil qilardi va ularni ma'sulyati hammasidan ham katta edi.

IELTS kursimizda esa kechqurun 18:00 dan 20:00 gacha ikta guruh yo'lga qo'yilgandi va IELTS o'qitishga juda katta fokus qaratganmiz, qo'rqganmiz chunki bu bizning ilk IELTS o'qitishimiz edi, buni esa o'ziga yarasha katta ma'sulyati bor edi. Lekin Allahga shukurki qo'rquvlarimiz o'rinsiz bo'lib chiqdi, o'quvchilarimiz ishonchimizni oqlashdi.

5.5+
deb mo'ljallagan IELTS guruhimizdagi o'quvchilarimiz nafaqat 5.5 balki 6/6.5 va hatto 2 ta o'quvchimiz 7 ball ham olishgandi. Bizni eng quvontiradigani shu bo'lganki bu o'quvchilarimiz oldin IELTS kurslariga qatnashib bu darajaga erishgan emas balki ularning butun natijalari faqatgina 4 oylik IELTS kurslarimiz orqaligina bo'lgandi. Bu narsa esa bizni juda-juda xursand qiladi

O'sha yili hamma narsa mukammal ketayotgandi toki bahorda hammamiz bilgan, hammamiz yomon ko'rgan davr boshlanguncha...
518 viewsedited  09:14
Open / Comment
2021-08-23 04:06:03 IELTS ga kirib kelish davri

CEFR
imtihonlariga yakun yasalganda ya'ni B1 daraja o'rniga B2 daraja talab qilinib, IELTS ham qabul qilina boshlagan davrda bizni oldimizda 2 ta variant qolgandi yo CEFR'ni B2 darajada o'qitish yoki IELTS o'qitishni boshlash. Bizga IELTS o'qitishni boshlash varianti maqulroq ko'rindi va biz IELTS o'qitishni boshlashimiz kerak edi. IELTS kurslarini yaratish masulyati yana men va Ro'zixolda edi.

Lekin biz bu kursni yaratishimizdan oldin avvalo o'zimiz IELTS sertifikatiga ega bo'lishimiz kerak edi. Chunki kelgan o'quvchi albatta sizni IELTS sertifikatingiz bormi, IELTS dan nechchi olgansiz deb so'rashi turgan gap edi. Shu sababli yozda bizda IELTS olish uchun 1 oy vaqt bor edi va biz bu paytda Ro'zixol ikkalamiz self-study qilib IELTS sertifikatini olishimiz kerak edi.

Biz o'z ustimizda ishlaganmiz va 1 oy ichida tayyorlanib, men IELTS dan overall 7.0 ball olgandim. So'ng to sentyabrni boshigacha Ro'zixol bilan IELTS kontenti bo'yicha ishlaganmiz, nimani o'qitishimiz kerak, qanday o'qitishimiz kerak, qanaqa qilib o'qitishimiz kerak, nimalarga e'tibor berishimiz kerak...

Shu sababdan bu yozni IELTS'ga kirib kelish davri deb hisoblasam bo'ladi!
514 views01:06
Open / Comment