🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Yangi mavsum va Harvard 2020-yil sentyabr oyidan boshlab o' | TheSafarmurodovBlog

Yangi mavsum va Harvard

2020-yil sentyabr
oyidan boshlab o'qituvchilik faoliyatimning 4-yili boshlandi. Bunda to'laqonli katta o'qituvchi bo'lib mustaqil faoliyat olib borishni boshladim, guruhlar ochdim va bu faoliyatimdagi eng katta yangiliklardan biri bitta katta guruh ochganim bo'ldi. Bundan tashqari bir nechta "0" lik gramatika va IELTS guruhlarim ham bor edi.

Bu yilda ham albatta o'qituvchilik tajribamga tajribalar qo'shildi va yana yangi bir darajaga chiqdim. Yanvar oyida biz o'quv markaz sifatida kattaroq, yaxshiroq joyga ko'chdik va o'quv markazimizga nom kerak edi. Va o'shanda "Harvard Language Center" degan nom meni hayolimda aylanardi va meni taklifimga ko'ra o'quv markazga "Harvard Language Center" deb nom berdik.

Bu juda ajoyib edi, katta bir markazga aylangandik, faoliyatimiz ham juda bir ajoyib tarzda davom etardi. Shu bilan bu mavsum ham o'z nihoyasiga yetgandi. O'quvchilarimizning davlat imtihonlaridagi ballari chiqdi, ballar juda ajoyib. 20 talik testlarddan 17,18,19,20 ta natijalar edi.

O'quvchilar meni juda xursand qildi, endi plankani yanada balandga ko'tardim. O'tgan yilgi plan 50 tadan yuqori talaba chiqarish bo'lsa bu yil 75 tadan ortiq va ishonamanki Allah nasib qilgan bo'lsa bunga ham erishamiz

Shu bilan 4-yilgi faoliyatim ham o'z nihoyasiga yetdi.