🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Karantindan keyingi natijalar Karantindan keyin o'quvchilar | TheSafarmurodovBlog

Karantindan keyingi natijalar

Karantindan keyin o'quvchilarim imtihonga topshirdilar. Karantin payti juda qo'rqqandik chunki ta'lim online'da bo'lganligi uchun mavzularni yaxshi tushuntirib bera oldimmi deb odam ozgina havotirga tushardi. Lekin natijalar uyaltirib qo'ymadi.

O'sha yili ta'lim online'da bo'lishiga qaramasdan, Allahga behisob shukurlar bo'lsinki 50 tadan ziyod o'quvchilarim talabalik baxtiga erishdi. Bu men uchun juda-juda katta muvaffaqiyat edi.

Aslida ham o'quvchining talaba bo'lishi quvonarli biroq o'quvchilarning online tarzda o'qib, qiynalib bu darajaga erishishlari yanada quvonarli. Bularning barchasi uchun Allahga behisob shukrurlar bo'lsin!