🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Karantin! Bu o'sha davr, biz hammamiz bilgan, biz hammamiz | TheSafarmurodovBlog

Karantin!

Bu o'sha davr, biz hammamiz bilgan, biz hammamiz yomon ko'rgan karantin davri. 15-mart kuni butun yurtimizda karantin bo'lishi e'lon qilindi va barcha offline faoliyatlar to'xtatildi. Bizni oldimizda qiyin bir vazifa turgandi chunki bizni juda ko'p abituriyentlarimiz bor va ularni shunchaki tashlab qo'yib bo'lmasdi. Bizda bittayu-bitta yo'l qolgandi, bu online ta'lim.

Online o'qitish bo'yicha judayam ko'p fikrlar bo'lgandi - video darslar qilish va boshqa boshqa fikrlar. Lekin hammasida ham bir qancha "+" va "-" lar bo'lgandi, misol uchun video darslar uchun hamma joyda ham yaxshi internet bo'lmasdi va hokazo. Shu sababdan eng maquli telegramda darslar tashkil qilish bo'lgandi va biz telegramda faoliyatimizni boshlagandik.

Eng qizig'i men offline'da soat 14:00 dan 20:00 gacha ishlasam, online'da ertalabdan tungacha ishlardim. Har kun ertalab turardim, o'tiladigan mavzularni tayyorlardim, audio shaklda vazifalar berardim keyin butun kun uy ishilarni tekshirib chiqardim ertasi kun esa yana vazifalar tayyorlardim va butun kunim shu tarzda davom etardi.

*Online tizimimiz o'z faoliyatini oqladi, offline'chalik bo'lmasa ham o'quvchilarga juda ko'plab narsalarni o'rgata oldim deb o'ylayman. Barcha o'quvchilarni nazorat qilardim, o'qimaganlarga vitamin bera olmasam ham baqirib-baqirib turardim va faoliyatim shu tarzda davom etardi...

Eng quvonarlisi, ta'lim tizimimiz online'da bo'lsa ham maqsad qilganimcha o'quvchilarim universitetga kirishgandi