🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ulkan ma'suliyatlar davri O'qitish yilimning 3-yili sentyab | TheSafarmurodovBlog

Ulkan ma'suliyatlar davri

O
'qitish yilimning 3-yili sentyabr oyidan boshlandi, ajoyib o'qitish davri. Bu davrni men ulkan ma'sulyatlar davri deb aytsam bo'ladi chunki bu yilda ma'sulyatlar va o'qitish hajmi menda ancha kattargandi.

Bu davr assistentlik faoliyatimning nihoyalangan payti edi, bundan tashqari 3 ta gramatika guruh ochib berishgandi va 2 ta IELTS guruhlarim ham bor edi. Bularning bari esa menga juda katta ma'sulyat yuklardi. Gramatika guruhlarimning bittasi butun boshli maktab o'quvchilari edi va ularni o'qitish qiyin edi. Qolgan ikta grammar guruhlarim esa abituriyentlarni tashkil qilardi va ularni ma'sulyati hammasidan ham katta edi.

IELTS kursimizda esa kechqurun 18:00 dan 20:00 gacha ikta guruh yo'lga qo'yilgandi va IELTS o'qitishga juda katta fokus qaratganmiz, qo'rqganmiz chunki bu bizning ilk IELTS o'qitishimiz edi, buni esa o'ziga yarasha katta ma'sulyati bor edi. Lekin Allahga shukurki qo'rquvlarimiz o'rinsiz bo'lib chiqdi, o'quvchilarimiz ishonchimizni oqlashdi.

5.5+
deb mo'ljallagan IELTS guruhimizdagi o'quvchilarimiz nafaqat 5.5 balki 6/6.5 va hatto 2 ta o'quvchimiz 7 ball ham olishgandi. Bizni eng quvontiradigani shu bo'lganki bu o'quvchilarimiz oldin IELTS kurslariga qatnashib bu darajaga erishgan emas balki ularning butun natijalari faqatgina 4 oylik IELTS kurslarimiz orqaligina bo'lgandi. Bu narsa esa bizni juda-juda xursand qiladi

O'sha yili hamma narsa mukammal ketayotgandi toki bahorda hammamiz bilgan, hammamiz yomon ko'rgan davr boshlanguncha...