🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

IELTS ga kirib kelish davri CEFR imtihonlariga yakun yasalg | TheSafarmurodovBlog

IELTS ga kirib kelish davri

CEFR
imtihonlariga yakun yasalganda ya'ni B1 daraja o'rniga B2 daraja talab qilinib, IELTS ham qabul qilina boshlagan davrda bizni oldimizda 2 ta variant qolgandi yo CEFR'ni B2 darajada o'qitish yoki IELTS o'qitishni boshlash. Bizga IELTS o'qitishni boshlash varianti maqulroq ko'rindi va biz IELTS o'qitishni boshlashimiz kerak edi. IELTS kurslarini yaratish masulyati yana men va Ro'zixolda edi.

Lekin biz bu kursni yaratishimizdan oldin avvalo o'zimiz IELTS sertifikatiga ega bo'lishimiz kerak edi. Chunki kelgan o'quvchi albatta sizni IELTS sertifikatingiz bormi, IELTS dan nechchi olgansiz deb so'rashi turgan gap edi. Shu sababli yozda bizda IELTS olish uchun 1 oy vaqt bor edi va biz bu paytda Ro'zixol ikkalamiz self-study qilib IELTS sertifikatini olishimiz kerak edi.

Biz o'z ustimizda ishlaganmiz va 1 oy ichida tayyorlanib, men IELTS dan overall 7.0 ball olgandim. So'ng to sentyabrni boshigacha Ro'zixol bilan IELTS kontenti bo'yicha ishlaganmiz, nimani o'qitishimiz kerak, qanday o'qitishimiz kerak, qanaqa qilib o'qitishimiz kerak, nimalarga e'tibor berishimiz kerak...

Shu sababdan bu yozni IELTS'ga kirib kelish davri deb hisoblasam bo'ladi!