🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

TheSafarmurodovBlog

Logo of telegram channel thesafarmurodovblog — TheSafarmurodovBlog T
Logo of telegram channel thesafarmurodovblog — TheSafarmurodovBlog
Channel address: @thesafarmurodovblog
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 526
Description from channel

©️ Personal blog of Ilhombek Safarmurodov
- IELTS instructor (8 overall)
- Grammar Teacher
- 6 years of experience in teaching!
- a founder and a CEO of @winners_academyUz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2021-08-22 17:19:02 2-yil: Sermahsullik

Shu
bilan 1-yildagi o'qituvchilik faoliyatim may oyida ajoyib tarzda o'z nihoyasiga yetgan. May oyida bizga katta bir vazifa yuklangan, bizga deganda Ro'zixolni ham nazarda tutyapman. Ustozimiz Otaxon aka men va Ro'zixolga yozda CEFR guruhlarini, CEFR kurslarini ochishni topshirgan. Dars jadvalini ishlab chiqish, qanday o'qitish va hokazo. O'shanda ustozimiz bizga gramatika guruhlarida o'qiydigan eng yaxshi 30, 35 ta atrofida o'quvchilarini yig'ib bergandi. Keyin Ro'zixol va men ularga CEFR o'qitishni boshlaganmiz.

- May oyidan boshlab Ro'zixol va men haqiqatdan terlaganmiz ya'ni kompyuterning oldida soatlab o'tirardik, bir-birimiz bilan maslahatlashib dars jadvallari ustida ancha ishlardik va yozda CEFR kursini boshladik.

Kursimiz 4 oydan sal ko'p davom etgan. 1-iyuldan boshlanib adashmasam oktiyabrni 21 larida imtihonlarni topshirishgan. O'quvchilarimiz CEFR imtihonida juda zo'r natijalar ko'rsatishgan. Imtihon natijalari sertifikatlarini TheSafarmurodovResults sahifasiga joylashtirganmiz. Shunday qilib CEFR kursimizning 1-patogi juda muvaffaqiyatli yakunlangandi.

Keyin yana ikkinchi yilimizda asistentlik davri boshlangan, bundan tashqari CEFR kurslarini 2-patogini ham davom ettirganmiz. Shunda o'zim uchun yana bir shaxsiy guruh ochib berilgan va ikkinchi yilgi o'qituvchilik faoliyatim birinchi yildagidan mazmunliroq, kuchliroq va jadalroq bo'lgan.

2-patok CEFR kurslarimiz ham juda yaxshi yurgan, ular bilan ham yaxshi natijalarga erishganmiz faqat bitta narsa yomon bo'lib qolgan, biz CEFR kursini tugatib, xujjat topshirayotgan paytimiz, o'qishga B1 emas B2 qabul qilinadi deb sal kayfiyatimizni buzishgan lekin baribir natijalar ajoyib bo'lgan.

Shu bilan 2-yildagi o'qitish faoliyatim ham mukammal tarzda bo'lgan desam mubolag'a bo'lmaydi!
494 views14:19
Open / Comment
2021-08-22 13:15:06 Ilk shaxsiy guruh va ''ona sutimning og'zimdan kelishi''

Birinchi
ishlayotganimning yanvar oyi. Bu oy qalbimda o'chmas iz qoldirgan oy bo'lgan desam mubolag'a bo'lmaydi chunki o'sha oyda ustoz menga mustaqil ishlashim uchun bitta guruh ochib bergan. Juda qo'rqinchili bo'lgan. Boshida o'zimda qo'rquv bo'lgan lekin buni bildirmaganman, yana o'sha "eplay olasanmi?" degan savolga ikkilanmasdan "xa" degan javobni berganman lekin ichimdan o'tyapdi - qanday eplayman, nima qilaman, qanaqa qilib o'qitaman. Mustaqil o'qitishda baribir o'zgacha feeling bo'lgan.

Lekin baribir guruhni ochganmiz, Safar aka, Orif aka kabi boshqa ustozlarimizda yordam so'rab-so'rab yanvar oyida mustaqil ilk guruhimni o'qitishni boshlaganman.

Juda ajoyib bo'lgan. Guruhdan ajoyib xotiralar qolgan, juda qiynalganman. O'zbeklarda bir ibora bor "Ona suti og'zidan keldi" degan, xuddi o'sha iborani asl ma'nosini yanvar oyidagi ilk guruhimda tushunib yetganman. Bolalarni "0" dan o'qitish kerak, tajriba esa kam, soatlab tushuntiraman, qoidalarni maydalab o'rgataman, misollar beraman, bollar esa yuzimga qarab, "ustoz tushunmadik" deb turishardi.

Juda qiynalganman, yig'lagim keb-ketardi bazan lekin o'sha guruh men uchun juda katta tajriba bo'lgaan. Bu guruhda asosan maktab o'quvchilari ya'ni abituriyent bo'lmaganlar bo'lgan shu sabab bu guruh menga ulkan masulyat va ulkan tajriba vazifasida xizmat qilgan.

Va bu mustaqil o'qituvchilik faoliyatimdagi ilk qadam bo'lgan.
496 views10:15
Open / Comment
2021-08-22 11:13:02 O'qituvchilikka qadam: Shogird

Shunday qilib o'qishga kirdik, talabalik baxtiga erishdik va talaba bo'lgach uyda o'quvchi o'qitishni boshladim. Qo'ni-qo'shnilarni farzandlaridan o'nga yaqin o'quvchichalar paydo bo'ldi. Bu 15-sentyabrlargacha davom etdi va ustoz shu paytlarda yonlariga chaqirib yordamchi asistent sifatida ishlashimni so'rab ish taklif qildilar. Judayam hursand bo'ldim chunki men ustozga juda havas qilardim va bu men uchun orzu ham edi.

Ustoz o'sha kuni savol berdilar - eplay olasanmi? O'zimga ishonchim juda baland edi, shu sabab hech o'ylab o'tirmay "xa" degan javobni berganman. Va o'shanda ustoz aytgandilar - 4 yil ishlay olasanmi? Yanayam ikkilanmasdan "xa" degan javobni berganman. Shu bilan ustozning oldilarida asistentlik faoliyatim boshlangan. O'sha payta ustozning 4 ta guruhlarida yordamchi asistent sifatida ish boshladim va o'qishdan keyin 14:00 dan 18:00 gacha ishladim.

Ajoyib damlar bo'lgan, shu paytdagi o'quvchilarni ham eslayman, zo'r-zo'r guruhlar bo'lgan, o'zim tengilar, o'zimdan kattalar-kichiklar... Qiyin lekin tajribalarga boy faoliyat boshlangan va asta sekin o'qituchilik faoliyatimizga ham qadam tashlaganmiz. O'sha payt ustozni oldilariga kirganimda bitta maqsad qo'ygandim va bu maqsadni hali hech qachon, hech kimga aytmaganman lekin bugun shu maqsadni aytishga qaror qildim. O'shanda ustozning "eng zo'r shogirdi bo'laman" deb maqsad qo'ygandim ya'ni ishlaydigan shogirdlari ichida eng zo'ri bo'laman degandim.

Endi bu maqsadga qanchalik erisha oldim, erisha olmadim bilmayman lekin har doim, manashu 4 yil mobaynida ishlagan bo'lsam o'sha maqsadimni amalga oshirish uchun bor kuchim bilan harakat qilganman!
484 views08:13
Open / Comment
2021-08-22 04:06:02 Abituriyentlik. Final. ''Yulduzlik kasali''

3-bosqich bu abituriyentlik bosqichimiz ya'ni final bosqichimiz edi, endi abituriyentmiz, bu yil topshirishimiz va imtihondan o'tishimiz kerak. Bu bosqichda ham ustozimizning eng oldi guruhlarida o'qiganmiz va o'sha guruhda 3 yil mobaynida o'qigan o'quvchilar juda kam edi chunki o'sha payt ustozda tayyorlangan barcha o'qishga kirgandi.

O'sha davr men uchun yaxshi davr bo'lgan-u lekin menda bu davrda ozgina o'zgacha holatlar ham bo'lgan. Bu davrda "Yulduzlik kasali" hamda "Self-study" ya'ni o'z-o'zini rivojlantirish sodir bo'lgan.

- Yulduzlik kasali deganda, shu 2 yil mobaynida barcha kitoblarni o'qiganim, kitoblar menga yod bo'lib qolgani sababli bu kitoblarni yana o'qigim kelmasdi, kitoblardan zerikib qolgandim. Manabu mening yulduzlik kasali davrim edi.

- Self-study davrim esa quyidagi darslardan zerikganim sababli o'zimni boshqa narsalar o'qishga undashim bo'lgan. Bunda internetdan ingliz tilida turli-xil mavzularda qiziqarli, foydali narsalar o'qirdim, advanced darajadagi kitoblar o'qirdim va manashu davrim menga keyingi faoliyatlarida juda katta yordam bergan.

Yulduzlik kasali davrim ancha og'ir o'tgan chunki deyarli kitoblar o'qigim kelmasdi, shunchaki kitoblarga bir ko'z yugurtirib borardim va shunday davom etdiki oxiriga kelib, may va iyun oylari boshida ingliz tilidagi testim 36 tadan 17, 18 ta chiqadigan bo'lib qoldi. Bu juda kam edi chunki men 2, 3 yil mobaynida o'qirdim va hatto 2-yil o'qiganimda ham 36 ta testdan 30 tadan yuqori natija ko'rsatardim. Lekin imtihonga 2 oy qolganda testim 17, 18, uzog'i 20 taga tushib ketdi. Shokda edim, barcha shokda edi chunki 3 yil mobaynida o'qiysan, eng zo'ri bo'lishga harakat qilasan lekin testing juda kam.

O'shanda ustozimizning vitaminlari menga yana yordam bergan. Achchiq gaplari, vitaminlari meni yulduzlik kasalidan qutqarib qolgan. Ustozim meni osmondan yerga olib tushib qo'yganidan so'ng qolgan 2 oy mobaynida butun ingliz tilini boshidan qayta takrorlab, yaxshilab o'qib, o'zim bilan induvidual tarzda shug'ullana boshladim va natijamni yana ko'tarib oldim. Shu sababdan keyin talabalik baxtiga musharraf bo'ldim. Davlat imtihonida, testim 36 tadan 36 ta chiqdi

Ajoyib edi, ingliz tilidan 100% li natija bilan universitetga budjetga kirdim va shu bilan abituriyentlik davrim o'z nihoyasiga yetdi
503 views01:06
Open / Comment
2021-08-21 17:19:02 Eng ajoyib davrim...

Ustozni oldilariga 2-yil kelishimda yana katta guruhga qo'shildim lekin bu katta guruhdagi o'quvchilarni darajasiyam, o'zimni level'im ham oldingi yilga nisbatan ancha baland edi. Bu guruh juda zo'r edi va unda mazza qilib dars o'tganmiz. O'zim o'qigan guruhlar ichida 2-yil o'qigan guruhimni eng kuchlisi deb hisoblayman.

Guruhda bittagina men 2-kurs bo'lganman ya'ni eng kichigi, qolgan barcha esa mendan katta abituriyentlar edi. Darslar daxshat va men aniq bilamanki o'sha yerda men eng katta, eng kerakli, eng baziviy bilimlarimni olganman chunki birinchi yilda hamma kitoblarni bir-bir ko'rib chiqgandan keyin 2-yilda o'sha kitoblarni hammasini tartibli ravishda o'qib, sifatli ta'lim olganman.

Shuning uchun bemalol ayta olamanki bu davr mening eng ajoyib davrim bo'lgan!
517 views14:19
Open / Comment
2021-08-21 11:13:02 Vitaminlar davri

9-sinfimizni ya'ni maktabni bitirganimizdan keyin abituriyentlik davri boshlandi. Abituriyentlik davrida albatta ingliz tilini jiddiy o'qish kerak edi xos'h lekin kimda o'qish kerak edi? O'zi u paytda variantlar ko'p emasdi, bitta eng yaxshi variant ustozimiz Otaxon akaning oldilariga kelish edi.

Men maktabda o'qib, tayyorlanib yurgan paytim, singlim Maftun ustozda tayyorlanardi ya'ni u hatto mendan oldinroq Otaxon akaning oldida o'qishni boshlagan. Keyin maktabni tugatganimdan so'ng sentyabrdan ikkimiz ham ustozni oldilariga borib tayyorlana boshlaganmiz. Ilk borganimizni yaxshi eslayman, ustoz bizga savollar berib guruhlarga joylashtirgan. Savollari juda oddiy edi yani past simple bilan present perfect'ning farqi nima? Balki hozir hayron qolishingiz mumkin lekin men o'shanda bu savolning javobini topa olmaganman

Shuning natijasida kichikroq bir guruhga joylashganman lekin shu kichik guruhda yaxshi o'qib, o'zlashtirganim uchun ustozdan katta guruhga o'tkazishlarini so'rab katta guruhga ya'ni abituriyentski guruhga qo'shilganman. Men kollejda birinchi kursman qolganlar esa mendan katta, o'qishga topshiradigan abituriyentlar bo'lishgan. O'sha yerda realni ajoyib dars bo'lgan...

Birinchi yili ustozni oldida juda qiynalganman ya'ni boshida qizil murphyni o'qiganim uchun qiyinchiliklar bo'lmaganidan tashqari, men umrimda ko'rmagan boshqa kitoblar, menda qiyinchiliklar tug'dira boshlagan. G'afforov, ko'k murphy, destination B2, azar, variantlar va reading kitoblar kabi kitoblar o'qishni boshlaganmiz, shu sababdan birinchi yilim judayam qiyin o'tgan. Va eng qizig'i, balki ko'pchilik xayron qolar lekin vitaminlarda juda juda ko'p yeganmiz, aniqrog'i yeganman :)

Bundan tashqari shu payti boshqa bloklarim ham bor edi, shu sabab hammasida o'qishda juda qiyinchiliklar bo'lgandi.

Ustozni oldida o'tgan birinchi yilimni vitaminlar davri deb aytsam bo'ladi chunki shunda kuniga kamida 4, 5 ta vitamin yerdim
525 views08:13
Open / Comment
2021-08-21 04:06:02 Ingliz tiliga qanday kirib keldim?

Ingliz tiliga bo'lgan sarguzashtlarim ilk bora maktab davrlarimdan boshlangan, adashmasam o'sha payti 2 yoki 3-sinf bo'lganman. Dastlabki ingliz tili ustozlarim opalarim bo'lgan, ilk bora ingliz tilini ularni oldiga borib o'rgana boshlaganman lekin u davrda yosh bo'lganim uchun menda hech qanday murakkab yodlangan narsalar, so'zlar, gramatik qoidalar va umuman olganda hech narsa qolmagan. Shunday qilib ingliz tiliga ilk kirib kelishim muvaffaqqiyatsiz bo'lgan desam mubolag'a bo'lmaydi.

Keyinchalik 5-sinf bo'lganimizda ingliz tilini o'rganish darslik sifatida kiritilgandi va bizga bir ustozimiz darslarni juda yaxshi qilib o'rgatardi. Shu sababdan o'sha paytlarda ingliz tiliga bo'lgan qiziqishim sababli ingliz tili o'qituvchimizning qo'shimcha darslariga qatnasha boshlaganman. Adashmasam 2 yoki 3 oy mobaynida qo'shimcha darslarga qatnashganman va bundan o'rgangan narsalarim - to be feli, bo'lmoq, am/is/are va 20, 30 ta so'z.

Haqiqiy ingliz tilini o'rganishni esa 7-sinfimda boshlaganman. Maktab darsliklarida imkon qadar ustozlarimiz bergan ingliz tili darslarini bajarishga harakat qilganmiz. Tepadagi ustozlarimni hurmat qilgan holda, haqiqiy birinchi ustozim Dilfuza opa Butaeva bo'lganlar. Ingliz tili ustozi sifatida Dilfuza opa 7-sinifimizdan dars berishni boshlagan va shu ustozimizni darslaridan ilk marta ingliz tilini yaxshi o'rganishni boshlaganman. Bundan tashqari Dilfuza opani qo'shimcha darslariga qatnashishni ham boshlaganmiz va bu bizning ingliz tilidagi haqiqiy ilk qadamimiz bo'lgan.

Dilfuza opani qo'lida o'qishim 3 yil davom etgan - 7, 8, 9-sinflar va manashu 3 yil mobaynida birgina qizil murphy'ni va English Vocabulary in Use nomli kitoblarni o'qib tugatganmiz. Endi shunda ingliz tilini o'rganishga bo'lgan xohish hozirgichalik kuchlimas edi, to'garakga borib o'rganadiganlar ham sanoqli bolalarni tashkil qilardi. Nu baribir tilni o'rganishga harakat qilganmiz va maktabni tugatgan vaqtimiz qizil murphyni bilganmiz

Manashu kitoblarni o'rganishim bilan mening ingliz tilidagi faoliyatim boshlangan...
637 views01:06
Open / Comment
2021-08-19 19:25:07 Assalom alaykum, hurmatli do'stlarım, zerikib qolmadinglarmi?

Mandat va yangi mavsum boshlanguncha, Ingliz tili olamiga kirib kelganim, o'quvchilikdan boshlab toki o'qituvchilik faoliyatim haqida sizlarga gapirib bermoqchiman! Qiziqmi?
601 views16:25
Open / Comment
2021-08-11 22:18:20 Kayfiyat - 100000000
Abituriyentlarim yorvoreyshn qildi
1.1K views19:18
Open / Comment
2021-08-09 16:18:02 CEFR 2019-yil 2-patok o'quvchilari natijalari:

- Meliqulov Dilovar
- Namozova Nafosat
- Xoliqulova Munisa
- Berdimurodov Murodjon
- Abdirahimov Alijon
- Nurullayeva Dilrabo
- Ergasheva Nilufar
- Hayrullayeva Feruza
- Eshmamatova Muhlisa
- Toshtemirova Aziza
- Qodirova Ozoda
- Yo'ldosheva Laylo
- Xurramov Jasur
- Jo'rayev Dilshodbek

@TheSafarmurodovResults
1.2K views13:18
Open / Comment