🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Eng ajoyib davrim... Ustozni oldilariga 2-yil kelishimda ya | TheSafarmurodovBlog

Eng ajoyib davrim...

Ustozni oldilariga 2-yil kelishimda yana katta guruhga qo'shildim lekin bu katta guruhdagi o'quvchilarni darajasiyam, o'zimni level'im ham oldingi yilga nisbatan ancha baland edi. Bu guruh juda zo'r edi va unda mazza qilib dars o'tganmiz. O'zim o'qigan guruhlar ichida 2-yil o'qigan guruhimni eng kuchlisi deb hisoblayman.

Guruhda bittagina men 2-kurs bo'lganman ya'ni eng kichigi, qolgan barcha esa mendan katta abituriyentlar edi. Darslar daxshat va men aniq bilamanki o'sha yerda men eng katta, eng kerakli, eng baziviy bilimlarimni olganman chunki birinchi yilda hamma kitoblarni bir-bir ko'rib chiqgandan keyin 2-yilda o'sha kitoblarni hammasini tartibli ravishda o'qib, sifatli ta'lim olganman.

Shuning uchun bemalol ayta olamanki bu davr mening eng ajoyib davrim bo'lgan!