🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

O'qituvchilikka qadam: Shogird Shunday qilib o'qishga kirdi | TheSafarmurodovBlog

O'qituvchilikka qadam: Shogird

Shunday qilib o'qishga kirdik, talabalik baxtiga erishdik va talaba bo'lgach uyda o'quvchi o'qitishni boshladim. Qo'ni-qo'shnilarni farzandlaridan o'nga yaqin o'quvchichalar paydo bo'ldi. Bu 15-sentyabrlargacha davom etdi va ustoz shu paytlarda yonlariga chaqirib yordamchi asistent sifatida ishlashimni so'rab ish taklif qildilar. Judayam hursand bo'ldim chunki men ustozga juda havas qilardim va bu men uchun orzu ham edi.

Ustoz o'sha kuni savol berdilar - eplay olasanmi? O'zimga ishonchim juda baland edi, shu sabab hech o'ylab o'tirmay "xa" degan javobni berganman. Va o'shanda ustoz aytgandilar - 4 yil ishlay olasanmi? Yanayam ikkilanmasdan "xa" degan javobni berganman. Shu bilan ustozning oldilarida asistentlik faoliyatim boshlangan. O'sha payta ustozning 4 ta guruhlarida yordamchi asistent sifatida ish boshladim va o'qishdan keyin 14:00 dan 18:00 gacha ishladim.

Ajoyib damlar bo'lgan, shu paytdagi o'quvchilarni ham eslayman, zo'r-zo'r guruhlar bo'lgan, o'zim tengilar, o'zimdan kattalar-kichiklar... Qiyin lekin tajribalarga boy faoliyat boshlangan va asta sekin o'qituchilik faoliyatimizga ham qadam tashlaganmiz. O'sha payt ustozni oldilariga kirganimda bitta maqsad qo'ygandim va bu maqsadni hali hech qachon, hech kimga aytmaganman lekin bugun shu maqsadni aytishga qaror qildim. O'shanda ustozning "eng zo'r shogirdi bo'laman" deb maqsad qo'ygandim ya'ni ishlaydigan shogirdlari ichida eng zo'ri bo'laman degandim.

Endi bu maqsadga qanchalik erisha oldim, erisha olmadim bilmayman lekin har doim, manashu 4 yil mobaynida ishlagan bo'lsam o'sha maqsadimni amalga oshirish uchun bor kuchim bilan harakat qilganman!