🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

TheSafarmurodovBlog

Logo of telegram channel thesafarmurodovblog — TheSafarmurodovBlog T
Logo of telegram channel thesafarmurodovblog — TheSafarmurodovBlog
Channel address: @thesafarmurodovblog
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 526
Description from channel

©️ Personal blog of Ilhombek Safarmurodov
- IELTS instructor (8 overall)
- Grammar Teacher
- 6 years of experience in teaching!
- a founder and a CEO of @winners_academyUz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 8

2021-05-04 17:15:45 Yana quyidagicha qiziq holatlar bo'ladi.

O'quvchilarim ko'p hollarda, men bir yoki ikkita mavzu o'tganimda, ular ko'proq mavzu o'taylik deyishadi. Men ulardan nega deb so'rasam, ular biz ulgurishimiz kerak deb javob berishadi.

Shu joyda mening juda hurmat qiladigan ustozlarimning bir gaplari bor:

"Muvaffaqiyatga erishish uchun kitobni qanchasini tugatish yoki qancha kitob tugatish emas, kitobni qanday tugatish muhim ahamiyat kasb qiladi"

O'quvchilar ko'proq mavzu ko'rishga harakat qiladi biroq ko'rgan mavzularini yuqori sifat bilan, ajoyib tarzda, mukammallik bilan o'qishmaydi. Yani ular songa e'tibor berishadi, sifatga emas. Shunday o'quvchilar juda juda ko'p.

Boya aytib o'tganimdek men to'rt yillik o'qitish, uch yillik o'qish tajribam asosida shuning guvohi bo'ldimki, juda ko'p narsalarni ko'rganlar emas, sifatli ko'rganlar har doim muvaffaqiyatga erishadi.
545 viewsedited  14:15
Open / Comment
2021-05-04 17:15:24 Bu gaplarning ta'lim jihatiga qanday aloqador tomoni bor?

Mana mening 4 yildan buyon ingliz tilidan dars berib kelishim davomida, juda ham ko'plab o'quvchilarni guruhlarga qabul qilganimda, ulardan qanday kitoblar o'qigansiz deb so'rayman. Bunda ular ko'pincha, qizil murphy, ko'k murphy, B1, B2 va shu kabi deyarli barcha kitoblarni sanashadi ammo shu kitoblar asosida ularga savol bera boshlaganimda ular ko'p hollarda zo'rg'a qizil murphyning uzog'i 20-unitlariga borishadi. Qiziq shuncha ko'p kitoblarni ko'rgan o'quvchilar qizil murphyning 20-unitlariga zo'rg'a borsaya!? Shunday vaziyatlarda bizga quyidagicha savol keladi NEGA!?

Bruce Lee ning gaplari aynan manashu yerda muhim ro'l o'ynaydi.

Muvaffaqiyat degani juda ko'p kitoblar o'qish degani emas, muvaffaqiyat degani o'qigan kitobini maksimal darajada sifatli o'qish degani.
499 views14:15
Open / Comment
2021-05-04 17:15:15 Agar yodingizda bo'lsa men bir necha kun oldin shu kanalga mashhur jangchi, buyuk aktyor Bruce Lee muallifligidagi bir iqtibosni havola qilgandim.

"I fear not the man who has practiced 10,000 kicks once but I fear the man who has practiced one kick 10,000 times"

Ko'pchilik buni tarjimasini yozishim kerak deb tushunibdi va tarjimasini yozishibdi.

"Men birdaniga 10.000 ta zarbani mashq qilgan odamdan emas balki bitta zarbani 10.000 marta mashq qilgan odamdan qo'rqaman"

Bu gapning ma'nosini so'raganimda ko'pchilik har xil javob berdi, bular ichda to'g'ri fikrlaganlar ham xato fikrlaganlar ham bor. Lekin bular ichida faqat bir kishi ancha to'g'ri va aniq fikrlagan.

Bu yerda asosiy gap malaka haqida ketayotgandi.
Yani birorta inson, biror narsada juda ham ko'p mashq qilsa, u shu narsada shunchalik mukammal bo'ladi. Va o'sha mukammallik uni muvaffaqiyatga olib keladi.
486 views14:15
Open / Comment