🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Yana quyidagicha qiziq holatlar bo'ladi. O'quvchilarim ko'p h | TheSafarmurodovBlog

Yana quyidagicha qiziq holatlar bo'ladi.

O'quvchilarim ko'p hollarda, men bir yoki ikkita mavzu o'tganimda, ular ko'proq mavzu o'taylik deyishadi. Men ulardan nega deb so'rasam, ular biz ulgurishimiz kerak deb javob berishadi.

Shu joyda mening juda hurmat qiladigan ustozlarimning bir gaplari bor:

"Muvaffaqiyatga erishish uchun kitobni qanchasini tugatish yoki qancha kitob tugatish emas, kitobni qanday tugatish muhim ahamiyat kasb qiladi"

O'quvchilar ko'proq mavzu ko'rishga harakat qiladi biroq ko'rgan mavzularini yuqori sifat bilan, ajoyib tarzda, mukammallik bilan o'qishmaydi. Yani ular songa e'tibor berishadi, sifatga emas. Shunday o'quvchilar juda juda ko'p.

Boya aytib o'tganimdek men to'rt yillik o'qitish, uch yillik o'qish tajribam asosida shuning guvohi bo'ldimki, juda ko'p narsalarni ko'rganlar emas, sifatli ko'rganlar har doim muvaffaqiyatga erishadi.