🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Yana bir misol O'zim abituriyent bo'lib yurgan vaqtlarimda s | TheSafarmurodovBlog

Yana bir misol

O'zim abituriyent bo'lib yurgan vaqtlarimda shunday do'stlarim bo'lganki, faqat qizil murphy va ko'k murphyni o'qigan lekin boshqa hech qanday kitob o'qishmagan. Biroq ularning bilimi shu qadar sifatli bo'lganki, ma'lum bir davrda, men ko'plab kitoblar o'qigan bo'lishimga qaramay, raqobat paytida ulardan orqada qolishni boshlaganman. Chunki ular har bir o'qigan mavzusini mukammallik bilan o'qishgan.

Yoki shunaqa o'quvchilarim bo'lganki ular katta guruh bo'la turib, kichik guruhlardan ko'p kitob ko'ra turib, o'zidan kichik guruhdagi, sifatli o'qigan o'quvchilardan, bir xildagi testlarda kam natija ko'rsatishgan.

Biz grammar kursini tugatgan va hali 9 yoki 10-sinf bo'lgan o'quvchilar uchun IELTS kurslari tashkil qilamiz. Va men manashu IELTS kursida, bir nechta grammar guruhlardan yig'ib olingan o'quvchilar orasida shu narsani kuzataman: Bir o'quvchi qizil va ko'k murphylarni tugatgan biroq uning bilimi faqatgina qizil murphyni mukammallik bilan tugatgan o'quvchining oldida hech narsa bo'lmay qoladi.

Bu narsadan ingliz tilini o'rganayotganlarga, abituriyentlarga shuni aytmoqchimanki har doim son emas sifat birinchi o'rinda turishi kerak. Siz 200 ta mavzuni o'qigandan ko'ra 100 ta mavzuni sifatli qilib o'qisangiz bu sizning testlarni yaxshi bajarishingizda, mavzularni yaxshi topshirishingizda hamda davlat testini qiyinchiliklarsiz bajarishingizda katta yordam beradi.

@TheSafarmurodovBlog