2023-06-12 06:05:12
#grammar
Should have V3 - o'tgan zamonda qilish kerak lekin qilmagan (hozir achinadi buni qilmaganiga) ish harakat uchun ishlatiladi.Bir o'quvchim shu mavzuni o'tganimizda: "
Ustoz shu narsalarni inglizlarni o'zi ham ishlatmasa kerak-a?!",-deb aytgandi.
Endi vidoeni ko'ring
: "Killing your father was a terrible mistake. He was right;
I should have killed my son... (davomini izohda yozib ko'ringchi eshitib )
Kinoda bu gapirayotgan odamning bolasi yovuz odam bo'lishi bashorat qilinadi. Bu odam bo'lsa, bolasini asrab qoladi. Bolasi qilgan yovuzliklardan keyin esa: "O'shanda to'g'ri aytishgan ekan, farzandimni o'shanda yo'q qilishim kerak edi",-deb afsus qiladi.
More examples:
Now most people know English. But I am struggling. I should have learnt it when I was at school (maktabda o'qimagan, shunchaki o'qisam bo'lar ekaaan deb afsus qilyapti)
I shouldn't have given up sport. - (ehh, essiz sportni tashlamasligim kerak edi)
Agar tushungam bo'lsangiz, siz ham gap tuzib ko'ringchi
@thompson_english
1.5K views03:05