2023-05-09 18:38:02
Foydali grammatika
Will / shall Biror harakatni kelasi zamonda bo'lishi kutilayotgan bo'lsa egadan so'ng will/shall ishlatiladi.
Bo'ladigan hodisa aniq belgilanmagan, avvaldan rejalashtirilmagan.
Hodisa tabiiy ravishda ro'y berishi kutilayotgan yoki hozirgina shu fikrga kelingan bo'ladi.
Misol:
I will have breakfast - Men nonushta qilaman. Bu gap oldindan reja qilinganidan emas, qorin ochganidan kelib chiqqan. Agar "
I am having breakfast" bo'lganida reja qilingan harakat tushunilardi va ortida this morning - bu tong, tomorrow - ertaga kabi so'zlar qo'shilishi mumkin. U holda o'tgan darsdagi
present for the future bo'lib qoladi. Bugungi mavzuyimiz esa undan farq qiladi, am/is/are qo'yilmaydi, harakat so'zlariga "ing" qo'shilmaydi.
- My case is very heavy (Meni sumkam juda og'ir).
I will carry it for you (Men uni ko'tarishib yuboraymi)?
I will eat it - Men uni yeyman.
I think I will go out - O'ylaymanki men tashqariga chiqaman.
I don't think - men unday deb o'ylamayman. "I will" funksiyasidan oldin "I think" va "I don't think" jumlalaridan foydalansa bo'ladi.
Qisqartmasi:
I will - I'll,
we will - we'll,
she'll va hokazo.
Savol berishda
will/shall egadan oldinga o'tadi:
Will he eat - u ovqatlanadimi? Inkor qilish "will not" (qisqartmasi: won't).I won't sleep - men uxlamayman. Aniq vaqti belgilangan voqealarda will/shall qo'yilmaydi:
We're going to the market on Sunday - Biz yakshanba kuni bozorga ketyapmiz. Shall faqat 1-shaxs (I va we)da ishlatilishi mumkin. Men yoki biz so'zlarida qo'llanadi.
I think we shall win - o'ylaymanki biz g'olib bo'lamiz. Will esa barcha shaxslar uchun ishlatilaveradi. They will, he will, she will, it will va hokazo.
Falon joyda bo'laman demoqchi bo'lganda "be" (bo'lmoq) qo'shiladi:
I will (I'll) be in Paris - Men Parijda bo'laman. @thompson_english
3.3K views15:38