🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#ConsularTuesdays Hurmatli Grin Kard (DV) lotereyasi bo'yicha | U.S. Embassy Tashkent

#ConsularTuesdays

Hurmatli Grin Kard (DV) lotereyasi bo'yicha viza murojaatchilari! Iltimos, AQSh elchixonasida DV dasturi bo'yicha vizaga murojaat etishdan avval, ta'lim darajangiz (yoki ish tajribangiz ) DV dasturi talablariga javob berishiga ishonch hosil qiling. Murojaatchi kamida "umumiy o'rta ta'lim yoki uning ekvivalenti"ga ega bo'lishi zarur.

Murojaatchi DV vizasi bo'yicha talablarga javob berish uchun, AQSh maktablaridagi to'liq o'rta ta'lim darajasiga teng boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'limni muvaffaqiyatli to'liq yakunlagan bo'lishi zarur. Faqatgina ta'limning standart shakli viza talablariga muvofiqdir. Sirtqi yoki tezlashtirilgan("eksternat"kabi) dastur bo'yicha olingan ta'lim, ushbu talabga javob bera olmaydi.

Iltimos, AQSh elchxonasiga viza uchun murojaat etishdan hamda viza ma'muriy to'lovlarini amalga oshirishdan avval, Grin Kard lotereyasida ishtirok etish bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishib chiqing.