2021-03-06 09:32:08
"Tarbiya" fani uchun maxsus sayt ishga tushdi
2020-2021- oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "Tarbiya" fani joriy qilingan edi.
Ushbu fan oʻquvchilarni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlashi, faol fuqarolik pozitsiyasi, masʼuliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sogʻlom eʼtiqod, maʼrifatparvarlik, bagʻrikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishi bilan avvalgi darsliklardan tubdan farq qiladi.
Yangi yondashuvlar oʻqituvchidan darsni yangicha metod va texnologiyalar asosida o'tishni taqozo etadi. Shuni hisobga olib, yangi fanni o'tishda o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash, fan maqsad-vazifalarini va g'oyasini ommalashtirish maqsadida www.tarbiyam.uz sayti joriy etildi.
Saytda "Tarbiya" fanini oʻqitish dasturlari, taqvim-mavzu reja va darslikning elektron variantlarini qolaversa, darsni tashkil etishga doir barcha metodik yordam, qo'shimcha manba va materiallar mavjud.
Saytda shuningdek, darsliklarning elektron variantlari, ibratli hikoyalar, muvaffaqiyatga erishgan zamondoshlar haqida ma'lumotlar o'rin olgan.
«Ustozlar Kanali» ga ulanish uchun quyidagi linkni bosing
https://t.me/joinchat/AAAAAETx30P3QNm6evDuEQ
2.4K views06:32