Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo, fizika va biologiya fani oʻqituvchilari malakasini oshi | Maʼrifat.

Kimyo, fizika va biologiya fani oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy seminar oʻz yakuniga yetdi

Avval xabar berganimizdek, STEM ta’limini rivojlantirish maqsadida fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini olib borish yuzasidan o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻtkazilgan 4 kunlik oʻquv-treningni o'z yakuniga yetdi.

Shuni qayd etish joizki, ITSM, Cambridge International School, Oxbridge International School hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya ishlari boʻyicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.

Marosimda seminarda ishtirok etgan oʻqituvchi-pedagoglarga hamda kitob va qoʻllanmalarni yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan mutaxassislarga umumiy hisobda 90 ga yaqin sertifikat topshirildi. Shu bilan birga, yana 3 nafar ishtirokchi “Xalq ta’limi a’lochisi” medaliga ega boʻldi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA