Get Mystery Box with random crypto!

#Kasaba_uyushmalari_kuni Sport - tanaga quvvat Oʻzbekiston | Maʼrifat.

#Kasaba_uyushmalari_kuni


Sport - tanaga quvvat

Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman boʻlinmasi Kengashi tashabbusi bilan 39-maktabda tizimdagi Boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun “Sport-sogʻlik garovi” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi.

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Shayhontohur tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Axror Sultonov,tuman maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlim mudiri Fotima Zohidova va boshlangʻich kasaba uyushma raislari ishtirok etdilar.
Tadbirni Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayhontohur tuman boʻlinmasi kengashi raisi Dilnora Ulmasova ochib berdi.
Eʼtirof etilganidek, mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,8 ming boshlangʻich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA