Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Toshkent viloyatidagi 'Barkamo | Maʼrifat.

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Toshkent viloyatidagi "Barkamol avlod" bolalar maktablari faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 18-fevral kuni Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari Voxobjon Rajapov
hamda Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining mas'ul xodimlari Toshkent viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida bo'lib, maktab binosining bugungi holati, moddiy texnik bazasi va ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Vazir o'rinbosari maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish va byudjetdan tashqari mablag' topish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi.

Shuningdek, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan toʻgaraklarga oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, turli madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o'tkazish, ta'lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish bo'yicha amaliy va uslubiy yordam ko'rsatildi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA