Get Mystery Box with random crypto!

Maʼrifat.

Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat. M
Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat.
Channel address: @ustozlarga
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 1.76K
Description from channel

📆 2019-12-20 ⏰15:36
📚 Yillik konspektlar
📚 Dars ishlanmalar
📚 Test toplami
📚 Media mashgʻulotlar
📚 Ssenariylar
📚 Koʻrgazmalar
«Билимга элтувчи ягона йўл бу - фаолиятдир»
📬 Faqat takliflar uchun;
🔵👉 @Messengerse1_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


The latest Messages 15

2022-02-16 19:16:26
Shoh va shoir Z.M.Bobur ham turkiy she'riyatda o'zining tengsiz adabiy merosini qoldirganlar. Bu ikki dahoning tavallud ayyomlari munosabati bilan Toshkent shahar xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tinglovchilari hamda "Tillarni o'qitish metodikasi" kafedrasi hamkorligida "Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur—barhayot siymolar"nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda yozuvchilar uyushmasi a'zosi,shoir Nuriddin Aminjon hamda Ubaydullo Temurlar so'zga chiqib,ulug' ajdodlarimizning betakror va mislsiz ijodlari haqida alohida to'xtalib o'tdi.Tinglovchilar ijrosidagi maromiga yetkazib ijro etilgan g'azal va ruboiylar yig'ilganlarning diqqatiga sazovor bo'ldi.

Chilonzor tumanidagi
270-maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rohila Xolmatova

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
226 views16:16
Open / Comment
2022-02-16 18:39:24
226 views15:39
Open / Comment
2022-02-16 18:39:23 “Ona tili va oʻqish savodxonligi”ni baholashda nima oʻzgaradi? Ovozli chat orqali savollaringizga javob oling!

Uyga vazifa bermasak oʻquvchi qanday qilib oʻrgatganlarimizni mustahkamlaydi?

Oʻquvchilarga har kuni baho qoʻyib bormasak, ular fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotmaydimi?

Biz 5 baho qoʻyib yurgan oʻquvchi, summativ davriy baholashda past baho olsa oʻqituvchi notoʼgʻri baholab yurgan boʻlib chiqadimi?

Shu va shu kabi savollarga 16-fevral 15:00 da Respublika taʼlim markazi Standart va baholash boʻlimi metodisti, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi mualliflaridan biri Shokir Tursun bilan boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun @edurtm_uz da boʻlib oʻtadigan ovozli chat orqali javob oling!

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
180 views15:39
Open / Comment
2022-02-16 18:32:17
Uyushma raisi 2022-yil ish rejasi bilan tanishtirib o'tar ekan, yaqin orada mas'uliyatli va mas'uliyatsiz muassislar ro'yxati e'lon qilinishini, bir qator bosma nashrlar muassislarning be'etiborligi natijasida o'z faoliyatini to'xtatganini ta'kidlab o'tdi. Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respulikalariga jurnalistlarning bir oylik tashrifi kutilayotgani shular jumlasidan.
Olimjon O'sarov "Oltin qalam", "Eng aziz, eng ulug'", "Yilning eng faol jurnalisti" milliy mukofotlari g'oliblarini aniqlashda haqqoniylikni yanada oshirish maqsadida qilinayotgan ishlar haqida gapirar ekan, "Oltin qalam" mukofoti g'olibiga Jentra avtomobili berish uyushma tomonidan taklif qilinayotganini aytib o'tdi.
Tadbir davomida "Yurida-Matbuot" dasturi taqdimoti ham o'tkazildi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
223 views15:32
Open / Comment
2022-02-16 15:09:27
#OAV_biz_haqimizda
“Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan, maktabdan bezdirdi” — Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tayyorlagan darsliklar chindan yangimi?

Daryo.uz internet nashri muhbiri Charos Nizomiddinova zamonaviy darsliklar va ular ta'limga olib kiradigan o'zgarishlar haqida video-lavha tayyorladi.

Lavhani tomosha qilish

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
360 views12:09
Open / Comment
2022-02-16 15:08:40 Бугун Қозоғистонда 18-Халқаро Жаутиков олимпиадасига старт берилди

Жорий йилнинг 15-16 февраль кунлари 18-Халқаро Жаутиков олимпиадаси ўтказилади.

Масофавий тарзда ташкил этилган мазкур олимпиадада 3 нафар математика, 2 нафардан физика ҳамда информатика ва ахборот технологиялари фанларини чуқур ўзлаштирган ўқувчилардан иборат Ўзбекистон терма жамоаси иштирок этмоқда.

Мазкур терма жамоа халқаро олимпиадаларда иштирок этиш учун ўтказилган 1-саралаш босқичи натижаларига кўра шакллантирилган. Иштирокчилар рўйхати билан танишинг:

Математика фанидан:

Лазизбек Ражаббоев - Бухоро вилояти, Қоракўл тумани, Халқаро математика мактаби, 11-синф ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 1-ўрин соҳиби;

Нурмуҳаммад Отамуродов - Бухоро вилояти, Олот тумани, 31-ИДУМ, 9-синф ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 2-ўрин соҳиби;

Диёрбек Ражабов - Бухоро вилояти, Ғиждувон тумани, 5-ИДУМ, 11-синф ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 3-ўрин соҳиби;

Физика фанидан:

Мадинабону Хасанжонова - Тошкент шаҳри, Чилонзор тумани, С.Сирожиддинов академик лицейи, 2-босқич ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 1-ўрин соҳиби;

Хумоюншох Мамасодиқов - Андижон вилояти, Асака тумани, 24-ИДУМ, 11-синф ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 2-ўрин соҳиби;

Информатика ва ахборот технологиялари фанидан:

Святослав Ким - Тошкент шаҳри, Халқаро Wеstminster университети академик лицейи, 2-босқич ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 1-ўрин соҳиби;

Дилшодбек Хўжаев - Тошкент шаҳри, АФИДУМ, 10-синф ўқувчиси, биринчи саралаш босқичи 2-ўрин соҳиби;

Эслатиб ўтамиз 2021 йилда XIV Халқаро Жаутиков олимпиадасида 56 нафар ўзбекистонлик ўқувчилар иштирок этиб, 1 та олтин , 2 та кумуш ва 10 та бронза медални қўлга киритган эди.

Бу йилги олимпиадада ихтиёрий равишда терма жамоадан ташқари 100 дан ортиқ ўзбекистонлик ўқувчилар иштирок этиш учун рўйхатдан ўтган.

Халқ таълими вазирлиги барча иштирокчи ўқувчиларимизга омад тилаб қолади.

Халқаро Олимпиада ҳақида батафсил маълумотни ушбу ҳаволадан олишингиз мумкин


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
308 views12:08
Open / Comment
2022-02-16 14:58:36
“Ona tili va oʻqish savodxonligi”ni baholashda nima oʻzgaradi? Ovozli chat orqali savollaringizga javob oling!

Uyga vazifa bermasak oʻquvchi qanday qilib oʻrgatganlarimizni mustahkamlaydi?

Oʻquvchilarga har kuni baho qoʻyib bormasak, ular fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotmaydimi?

Biz 5 baho qoʻyib yurgan oʻquvchi, summativ davriy baholashda past baho olsa oʻqituvchi notoʼgʻri baholab yurgan boʻlib chiqadimi?

Shu va shu kabi savollarga 16-fevral 15:00 da Respublika taʼlim markazi Standart va baholash boʻlimi metodisti, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligi mualliflaridan biri Shokir Tursun bilan boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun @edurtm_uz da boʻlib oʻtadigan ovozli chat orqali javob oling!

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
298 views11:58
Open / Comment
2022-02-16 14:54:45
#OAV_biz_haqimizda
“Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan, maktabdan bezdirdi” — Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tayyorlagan darsliklar chindan yangimi?

Daryo.uz internet nashri muhbiri Charos Nizomiddinova zamonaviy darsliklar va ular ta'limga olib kiradigan o'zgarishlar haqida video-lavha tayyorladi.

Lavhani tomosha qilish

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
286 views11:54
Open / Comment
2022-02-16 14:53:45
"Tarbiya" fanidan dars berayotgan o'qituvchilar diqqatiga!

"Tarbiya" darsligi uchun O'qituvchi kitobi sotuvga chiqarildi

Xabaringiz bor, 2020-2021-oʻquv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Tarbiya” fani joriy etildi. Mazkur yangi fan o'quvchilarning mustaqil faoliyatini qo'llab-quvvatlash orqali ularda ko'nikma shakllantirishi bilan o'ziga xos. Bu esa dars berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.

Shu bois, Respublika ta'lim markazi tashabbusi bilan maktab oʻqituvchilari uchun “Tarbiya" fani misolida ijtimoiy fanlarni o'qitishning zamonaviy yondashuvlari o'rin olgan “Tarbiya" fanini oʻqitish texnologiyasi” nomli metodik qoʻllanma yaratildi va sotuvga chiqarildi.

Qo'llanmani sotib olish uchun +998991716962, +998941514952 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
351 views11:53
Open / Comment
2022-02-15 19:48:49
БУХОРОЛИК ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ЎҚИТУВЧИСИНИНГ МУСИҚА БИЛАН УЙҒУНЛАШГАН ДАРСЛАРИ ЎҚУВЧИЛАРНИНГ ФАНГА ҚИЗИҚИШИНИ ОШИРМОҚДА

Бухоро шаҳридаги 17-мактабнинг илғор тажрибага эга жисмоний тарбия фани ўқитувчиси Гулноз Юсупова ўз фаолиятида дарсларнинг ноанъанавий шаклларини татбиқ этиб келмоқда.

Айниқса, тажриба-синов сифатида ташкил этаётган мусиқа уйғунлигидаги машғулотлар ўқувчиларнинг жисмоний-тарбия дарслари ва спортга бўлган қизиқишларини сезиларли даражада оширмоқда.

Ана шундай машғулотлардан бирини эътиборингизга ҳавола этяпмиз

Айни пайтда Гулноз Юсупова мактабда ташкил этилган “Стритбол” тўгарагига ҳам раҳбарлик қилиш баробарида мамлакатимизда ушбу спорт турини ривожлантириш бўйича услубий қўлланма яратиш устида изланмоқда.

Бухоро вилояти Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
567 viewsedited  16:48
Open / Comment