🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bejiz ushbu memni joylamadim. Menga adolat istab murojaat qila | School English Teachers

Bejiz ushbu memni joylamadim. Menga adolat istab murojaat qiladigan o'qituvchilarning 90 foizi, ismi, maktabi, tumani u yoqda tursin viloyatini oshkor qilishga ham juda qo'rqishadi. O'zim ham ko'p guvohi bo'lganman ayrim jamoalarda shu darajada yomon muhitki, bir jamoa o'qituvchilar rahbarini ustidan dod deb, haq-huquqimiz uchun kurashamiz deb yig'ilib plan qilib 10tasidan oxirida o'z fikrida qat'iy tura oladigan bitta-ikkitasi qoladi xolos. Qolgan 8tasichi desangiz ular ariqni narigi sohiliga o'tib olib, rahbarini maqtab, anavi o'z fikrida qat'iy turgan bitta-ikkitasiga tashlanayotgan bo'ladi.
Menga adolat istab qilingan murojaatlar ham ba'zida shunday yakun topadi. Meni kanalimda e'lon qilingan post rahbarlariga yetib borishidan qo'rqib, o'chiring iltimos, men ishimdan ayririb qolmay, balogardon bo'lib ketmay, juvonmarg bo'lib ketmay deydiganlar talaygina topiladi.
Shundaylarga tavsiyam, oxirigacha bora olmasangiz, adolat uchun kurasha olmasangiz eng boshidan bu yo'lga kirmang! Bu yo'l qo'rqoqlar, yarim yo'ldan qaytadiganlar uchun emas. Yaxshisi o'zizni ham, boshqalarni ham vaqtini olmang! Eng boshidan ko'nib ishlayapsizmi har qanday muhitga, oxirigacha shunday qolavering.
Ahir ish beruvchi muqaddas! Ish bu hayot-mamot! Sizga ish bergani uchun bir umr qulluq qilib o'tishingiz kerak!

@uzteachers