Get Mystery Box with random crypto!

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 62.74K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages

2024-06-16 06:15:17
Eid al-Adha Mubarak!

@uzteachers
7.7K views03:15
Open / Comment
2024-06-14 07:57:43 Muqobil malaka oshirish shakllari orqali malaka oshirish toʻgʻrisida YOʻRIQNOMA

Ushbu yoʻriqnomada kasbiy faoliyatingiz davomida erishgan natijalaringiz asosida qanday malaka oshirish mumkinligi yoritilgan. Yoʻriqnomada xujjatlarni platformaga yuklash va kredit ballarini olish ketma-ketligi yoritilgan.

@uzteachers
18.5K views04:57
Open / Comment
2024-06-13 11:30:46
Rasman: Test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkaziladi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.

@uzteachers
27.0K views08:30
Open / Comment
2024-06-13 10:26:12 Yana bir nechta fanlardan onlayn malaka oshirish kurslari faollashtirildi

12-iyundan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi (onlinedu.uz) orqali

FIZIKA;
KIMYO;
INGLIZ TILI;
TARBIYA
fanlari o'qituvchilari uchun

ONLAYN MALAKA OSHIRISH
kurslari faollashtirildi.

@uzteachers
25.6K views07:26
Open / Comment
2024-06-12 10:28:50 Oʻqituvchida kasbiy Sertifikat boʻlmasa ishdan boʻshatiladimi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, oʻqituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi.

Unda ham 56 baldan past natija qayd etsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Shuningdek, nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.

Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va uni oʻtkazish tartibi mazkur Reglamentga muvofiq tartibda belgilanadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

@uzteachers
25.6K views07:28
Open / Comment
2024-06-12 09:12:51
Qalbaki sertifikatlardan ogoh boʻling!

Hozirgi kunda ommalashtirish boʻyicha sertifikatlarni turlicha ko‘rinish (fake)lari paydo bo‘lmoqda. Respublika ta'lim markazi o‘z sertifikatlarida QR kodlardan foydalanishni joriy qilgan. O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish platformasi tomonidan beriladigan rasmiy sertifikatlar faqat Respublika ta'lim markazi tomonidan beriladi. Bu sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirishda QR kodni smartfoningiz orqali skanerlab, ochilgan ma'lumotlar www.ommalashtirish.uz  havolasiga bogʻliqligidan bilishingiz mumkin. Boshqa havolalar orqali ochilgan sertifikatlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Respublika ta'lim markazi

@uzteachers
5.9K views06:12
Open / Comment
2024-06-12 07:44:02 Magistratura mutaxassisligi va oliy ta'limdan keyingi ta'limga o'qishga kirishda talab qilinadigan sertifikatlar ro'yxati

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori (29.05.2024) tasdiqlangan.

Unga ko'ra, quyidagi sertifikatlar ingliz tili yo'nalishi bo'yicha magistratura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlari uchun talab etiladi:

1. Milliy sertifikat - C1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL IBT* - 95-113
4. TOEFL ITP - 620
5. CAE - 180-199
6. iTEP - C1


* Home edition bo'lmagan, rasmiy test markazida qat'iy nazorat ostida topshirilgan bo'lishi talab etiladi

Bakalavr yo'nalishiga imtiyoz beradigan sertifikatlar

@uzteachers
10.2K viewsedited  04:44
Open / Comment
2024-06-11 07:33:52 Oliy ta'lim muassasalariga (bakalavr) o'qishga kirishda imtiyoz beradigan sertifikatlar ro'yxati

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori (29.05.2024) tasdiqlangan.

Unga ko'ra, quyidagi sertifikatlar ingliz tili fani bo'yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun imtiyozli hisoblanadi:

1. Milliy sertifikat - B2
2. IELTS - 5.5
3. TOEFL IBT - 72
4. FCE - 160


@uzteachers
20.2K views04:33
Open / Comment
2024-06-10 07:49:18
2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

@uzteachers
25.4K views04:49
Open / Comment
2024-06-10 06:50:41
Vazirlik bergan variantlarning baholash mezonlari va javoblari

@uzteachers
30.9K views03:50
Open / Comment