🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 62.54K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 9

2024-04-10 13:24:11 13-aprel, shanba pedagog xodimlarga rasman ish kuni boʻlsa, 1-4-sinf o'quvchilari 13-aprel (shanba) kuni o'qishadimi?

Umumta'lim maktablarida 1-4-sinflar uchun o'quv haftaning davomiyligi 5 kun etib belgilangan. Agar 1-4-sinflar uchun 12-aprel, juma kuni o'tkaziladigan dars jarayonlari 13-aprel, shanba kuniga ko'chirilsa, ushbu sinflarga darsga kiradigan boshqa fan o'qituvchilarining (yuqori sinfda ishlaydigan) pedagoglarning darslari parallel kelib qolishi tabiiy hol.

Vazirlik bergan rasmiy bayonotdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, darslar rejadagi dars jadvali asosida olib borilib, 13-aprel (shanba) kuni 1-4-sinflar uchun o'qish kuni hisoblanmaydi.

P.S. 13-APREL BARCHA BOSHLANG'ICHLAR (1-4-SINF) UCHUN DAM OLISH KUNI

xalqtaliminfo

@uzteachers
20.5K views10:24
Open / Comment
2024-04-10 07:01:11
Eid ul-fitr Mubarak!

@uzteachers
17.9K viewsedited  04:01
Open / Comment
2024-04-09 06:56:22 Biz bilan Intensive Pilot kursimizda 40 kunda C1 egasi bo'ling(yangi metod)

Dars tartibi https://t.me/c/1712142098/4677
Kursga yozilish uchun @forcefr
Resultatlarimizni ko'rish uchun https://t.me/+JZ4kAd80_-BmMTFi
Namuna dars https://t.me/+Z31CX2aevwk3YWNi
3 modul+3 modul test tahlillari uchun bir martalik kurs narxi 400 ming
Darslar haftada 5 kun audio video+ jonli Ziroat Kurbanova tomonidan
Har modul yoki test tahlili uchun bo'lib to'lov bor.


6-aprelgacha kurs to'lovini amalga oshirsangiz kurs narxi 350 ming so'm bir martalik to'lov.


DARSLARIMIZ 10-apreldan BOSHLANADI (hozirda 11-martda boshlangan kurslarimiz mavjud)
TKT nimaligini bilmaganlar uchun POST.
TKT exam dates
@tkt_info with Ziroat Kurbanova
19.5K views03:56
Open / Comment
2024-04-08 17:59:47
Attestatsiya test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorladi.

Unda pedagoglar attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

@uzteachers
24.3K viewsedited  14:59
Open / Comment
2024-04-08 07:50:05 2023-2024-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

Ish rejalar E-maktab (4-chorak)

Student's book Workbook (4-chorak)

Konspektlar (4-chorak)

1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

Tarqatmalar (4-chorak)

Nazorat ishlari

Tezislar (4-chorak)

Choraklik testlar

To'garak hujjatlari

Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun @uzteachers_admin

@uzteachers
12.9K views04:50
Open / Comment
2024-04-08 06:59:35 #lirik_chekinish

ATЕSTATSIYAGA TAYYORLANAYAPMAN


Toifa olish uchun,
O‘rnimda qolish uchun,
Tinim bilmay tun-u, kun,
Testga tayyorlanyapman.

O‘qiyman erta turib,
Goh o‘tirib,goh yurib,
Hammasin chetga surib,
Testga tayyorlanyapman.

Bilsang sabrdan po‘stim,
Ilm deb undim,o‘sdim,
Gapga bormayman do‘stim,
Testga tayyorlanyapman.

Intilib baxt omadga,
Yetay deb saodatga,
Qolmay deb malomatga,
Testga tayyorlanyapman.

Yorug‘ bo‘lsinda yuzim,
O‘tkir bo‘lsin gap so‘zim,
Ovqatga qara qizim,
Testga tayyorlanyapman.

Gohi shaxdam,goh tolib,
Gohi shodon,goh nolib,
Yakshanbada yotvolib,
Testga tayyorlanyapman.

Ulguryapman zo‘r,arang,
Qilmang asabni tarang,
Xotinjon molga qarang,
Testga tayyorlanyapman.

Tanaffusga chopaman,
Telefonni yoqaman,
Test yechaman yana man,
Testga tayyorlanyapman.

Kecha kunduz yo‘q tinim,
Meni tushungin inim,
Cho‘ntakda qolsin pulim
Testga tayyorlanyapman.

Oliylar qilsin nasib,
Qayda bor tayyor hasip,
Omad sizga hamkasb,
Testga tayyorlanyapman.

Xurshid Karim

@uzteachers
18.8K views03:59
Open / Comment
2024-04-07 20:47:53 Bejiz ushbu memni joylamadim. Menga adolat istab murojaat qiladigan o'qituvchilarning 90 foizi, ismi, maktabi, tumani u yoqda tursin viloyatini oshkor qilishga ham juda qo'rqishadi. O'zim ham ko'p guvohi bo'lganman ayrim jamoalarda shu darajada yomon muhitki, bir jamoa o'qituvchilar rahbarini ustidan dod deb, haq-huquqimiz uchun kurashamiz deb yig'ilib plan qilib 10tasidan oxirida o'z fikrida qat'iy tura oladigan bitta-ikkitasi qoladi xolos. Qolgan 8tasichi desangiz ular ariqni narigi sohiliga o'tib olib, rahbarini maqtab, anavi o'z fikrida qat'iy turgan bitta-ikkitasiga tashlanayotgan bo'ladi.
Menga adolat istab qilingan murojaatlar ham ba'zida shunday yakun topadi. Meni kanalimda e'lon qilingan post rahbarlariga yetib borishidan qo'rqib, o'chiring iltimos, men ishimdan ayririb qolmay, balogardon bo'lib ketmay, juvonmarg bo'lib ketmay deydiganlar talaygina topiladi.
Shundaylarga tavsiyam, oxirigacha bora olmasangiz, adolat uchun kurasha olmasangiz eng boshidan bu yo'lga kirmang! Bu yo'l qo'rqoqlar, yarim yo'ldan qaytadiganlar uchun emas. Yaxshisi o'zizni ham, boshqalarni ham vaqtini olmang! Eng boshidan ko'nib ishlayapsizmi har qanday muhitga, oxirigacha shunday qolavering.
Ahir ish beruvchi muqaddas! Ish bu hayot-mamot! Sizga ish bergani uchun bir umr qulluq qilib o'tishingiz kerak!

@uzteachers
18.4K viewsedited  17:47
Open / Comment
2024-04-07 20:30:41
O'qituvchilar o'z rahbarining adolatsizliklaridan dod deb, o'z haq-huquqlari uchun kurashmoqchi bo'lishdi...

Davomi suratda... (Maktabda ishlab yurganlar yaxshi tushunadi)

@uzteachers
20.5K viewsedited  17:30
Open / Comment
2024-04-07 18:45:38
Attestatsiya ped mahorat savolining javob variantlari

@AttestatsiyaINFO
27.5K views15:45
Open / Comment
2024-04-07 12:36:36
Ixtisoslashtirilgan maktablarida ishlayotgan chet tili o'qituvchilari sentyabrgacha C1 sertifikatiga ega bo'lmasa ishdan chetlatiladimi?

Bir obunachimizdan kelgan xabarga ko'ra, ixtisoslashtirilgan maktab raxbari tomonidan chet tili o'qituvchilari sentyabrgacha C1 darajasiga ega bo'lmasa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantiramiz degan mazmunda ogohlantirish xati berib imzo chektirib olyapti ekan.
Bu qonunni noto'g'ri talqin qilish hisoblanadi. Sababi Ogohlantirish xatida keltirilgan asos ya'ni PF-55 da chet tili o'qituvchilariga C1 olish majburiyati yuklanmagan.
U yerda 350 foizlik ustama haqida gap ketgan.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:
b) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etilishi belgilangan.

Bunda, (ya'ni ustama olish uchun) ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi:

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
Prezident maktablarida kamida bir yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.

Ya'ni 3ta kursni tugatib sertifikat olgan bo'lsa va C1 daraja sertifikati bo'lsa fan o'qituvchilariga 350 foiz ustama to'lanadi deyilyapti.
C1 darajasi bo'lmasa mehnat shartnomasi bekor qilinadi degan yoki shu mazmunga yaqin hech qanday jumla yo'q.
Shu sababdan bu ogohlantirish xati hech qanday huquqiy asosga ega emas. Ertadan keyin C1 sertifikati bo'lmasa chet tili o'qituvchilariga chora ko'rilishiga sabab bo'lmaydi!

@uzteachers
21.4K viewsedited  09:36
Open / Comment