🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Topics from channel:
Rasmiy
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Topics from channel:
Rasmiy
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 62.45K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 12

2024-04-05 15:01:59 TOEFL, TKT, English assessment va boshqa bir qator sertifikatlar bekor qilindimi?

Hozirda ayrim kanallarda shu mazmunda xabarlar tarqalyapti. Unga ko'ra Home edition TOEFL iBT bekor qilingani va TKT, ITEP, English Assessment imtihonlarini bekor qilish bo'yicha qaror tasdiqlangani aytilyapti.
TOEFL iBT Home edition o'zi shundoq ham qarorda tan olinmasligi belgilab qo'yilgan. Menimcha bu bo'yicha yana alohida qaror qabul qilinmasa kerak. Bu xabarni izlanib hech qanday rasmiy manbadan tasdiqlay olmadim. Ushbu xabar hech qanday asosga ega emas deb hisoblayman.
Qaysidir sertifikat bekor qilinishi istalgan vaqtda sodir bo'ladigan hodisa emas. Sertifikatlar ro'yxati har yili avgust oyida yangilanadi. Biror sertifikat chiqarib tashlanadigan bo'lsa ham, o'sha paytda aniq bo'ladi.
Turli kanallarning asossiz xabarlariga ishonmang. Faqat rasmiy ma'lumotlarga ishoning!

@uzteachers
21.1K viewsedited  12:01
Open / Comment
2024-04-04 09:29:03 Daraja aniqlash imtihoni va attestatsiya imtihoni bir kunga to'g'ri kelib qolsa, qaysi biriga borish kerak?

Xabaringiz bor, attestatsiya taxminiy sanalari e'lon qilingan edi. Unga ko'ra, attestatsiya imtihoni chet tili fanlari uchun 10-13 may kunlariga to'g'ri kelish ehtimoli bor. Huddi shu kunlarda Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tili bo'yicha milliy sertifikat imtihoni tashkil etilishi ham mumkin. Bu holda ikkita imtihon bir vaqtga to'g'ri kelib qolsa, milliy sertifikat imtihoniga borishni tavsiya qilamiz.
Sababi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 572-son qaroriga 3-bob 45-bandiga ko'ra,
Pedagog kadrlar attestatsiyada UZRLI SABABga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.
Ya'ni asosini keltirib bersangiz, eng oxirgi sababga to'g'ri keladi va keyinchalik siz uchun qayta attestatsiya imtihoni tashkil qilib beriladi.
Milliy sertifikat imtihonida esa uzrli sabab bilan qatnasha olmay qolganda to'lov qaytarish belgilangan lekin qayta imtihon otkazib berish belgilanmagan.

@uzteachers
23.9K views06:29
Open / Comment
2024-04-04 08:52:03
BIZDA DOLZARB 20 KUNLIK! ENG SO'NGGI TEST MARAFONIMIZGA YOZILISHGA ULGURIB QOLING! BUGUNDAN BOSHLAYMIZ!

Ko'plab talablarga binoan toifa imtihonlariga mutaxassislik fani (ingliz tili) bo'yicha tayyorgarlik uchun ENG SO'NGGI TEST MARAFONIMIZGA start beramiz!

Tasdiqlangan adabiyotlar bo'yicha!

Marafonimiz 4-APREL, PAYSHANBA kunidan start oladi.

Marafonimiz tajribali tutor, C1 holder, Mustaqil ilmiy-izlanuvchi (PhD talabasi) @writing_admin tomonidan olib boriladi. Marafonimiz test + tahlil ko'rinishida bo'ladi.

Davomiyligi: 20 kun, haftada 6 kun.

Marafonga qo'shilish narxi 120 ming emas. Chegirma narxda 89 MING so'm!

Murojaat uchun @attestatsiya_admin ga yozing.

Namuna dars https://t.me/c/1727586667/1455

Darslardan farqli, marafonda faqat test va tahlillar orqali mavzular mustahkamlab boriladi. Mustahkamlash, qaytarib olish, qisqa muddatda maskimal tayyorgarlik uchun ideal variant hisoblanadi.

@AttestatsiyaINFO
21.3K viewsedited  05:52
Open / Comment
2024-04-04 08:16:15
Attestatsiya test sinovlari vaqtida pedagoglar ko‘chada navbat kutishmaydimi?

Ma’lumki, juda ko‘p hollarda attestatsiya test sinovlari vaqtida pedagoglar ko‘chada navbat kutib turishganiga guvoh bo‘lamiz.

Bu yilgi attestatsiya jarayonlarida pedagoglar uchun "Kutish zallari" tashkil etilganmi degan savolga vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov javob berdi.

@uzteachers
22.0K views05:16
Open / Comment
2024-04-03 16:25:59 Prezident maktablarining mahalliy o'qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lash tartibi joriy etiladi.

Farmonga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi;

matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o'qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

Prezident maktablarining mahalliy o'qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lash tartibi joriy etiladi.

Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to'lanadi:

Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta'lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o'qitish bo'yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo'yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lish.

@uzteachers
14.3K viewsedited  13:25
Open / Comment
2024-04-02 18:37:35 Yakuniy imtihondan o'tolmagan o'quvchini sinfda qoldirib yuborilishi mumkin

Ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standartlari talablari darajasida o'zlashtirgan va o'quv fanlaridan yil yakuni bo'yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o'quv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestasiyaga qo'yiladilar.

Xalq ta'limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Umumiy o'rta ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi to'g'risida»gi nizomnga ko'ra, bir yoki ikki fandan o'tkazilgan yakuniy attestasiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestasiyadan keyin ikki hafta o'tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestasiyadan o'tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o'qishga qoldirilishi mumkin.

@uzteachers
27.0K views15:37
Open / Comment
2024-04-02 10:51:12 Bilimli yoshlar endi bir oyda 1 mln so‘m qo‘lga kiritishlari mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasini taqdim etadi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin.

Olimpiadaning birinchi mavsumi 2-apreldan 30-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda ishtirok etishni istagan barcha @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘zlariga mos fanni tanlaydilar. Bitta ishtirokchi bir mavsumda faqatgina bitta fanni tanlashi va shunda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishi mumkin.

Har bir mavsum 4 ta turdan iborat bo‘lib, har dushanba kuni soat 00:00 da yangi tur savollari @mavzubot Telegram botida avtomatik e’lon qilinadi va bu shu haftaning yakshanba kuni soat 23:59 gacha faol bo‘ladi. Ya’ni hafta davomida ishtirokchilar o‘zlariga qulay paytda test ishlash imkoni bor.

Har bir ishtirokchi bitta fanni tanlagach bir oy davomida (4 ta turda) aynan shu fandan taqdim etilgan testlarni ishlaydilar va ball yig‘ib boradilar, oy oxirida natijasi eng yuqori bo‘lgan ishtirokchilar, ya’ni har bir fandan 5 tagacha g‘oliblar aniqlanadi va ularning har biriga 1 mln so‘mdan mukofot beriladi.

Barcha yoshlarga omad tilaymiz. Olimpiadaning 1-turida hoziroq @mavzubot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishni boshlang!

@domlajon
t.me/domlajon
19.8K views07:51
Open / Comment
2024-04-02 09:05:02
Chet tili fanlaridan attestatsiya imtihonlari 10-13 may sanalarida o'tkazilishi mumkin (norasmiy xabar)

Bizga yetib kelgan jadvalga ishonadigan bo'lsak, chet tili fanlari bo'yicha attestatsiya imtihonlari 10-13 may sanalariga to'g'ri kelishi mumkin. Bu rasmiy ma'lumot emas. Hozirda rasmiy manbalarda sanalar hali e'lon qilinmagan.
Lekin ushbu jadval rost bo'lsa attestatsiya imtihonlari may oyining oxirgi 10 kunligigacha cho'zilishi mumkin.

Rasmiy ma'lumotlarni kutib qolamiz!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!
34.0K views06:05
Open / Comment
2024-04-02 08:42:33
Attestatsiyaga onlayn testlar orqali tayyorlaning!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, huddi attestatsiya imtihonidagi kabi test platformani yo'lga qo'ydik!
Platforma sizga 50ta testni taqsimlab beradi.
Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading) 35ta
Kasb standartidan 5ta
Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

3000 ga yaqin savollar bazasi
1.5 soat ajratilgan vaqt
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi

Savollar oldingi yillarda tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi. FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (polniy dostup) narxi 90 ming so'm.
Faqat ped mahorat qismini o'ziga dostup olish 30 ming so'm.

To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
Attestatsiya imtihonlari tugaguncha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun @uzteachers_admin ga yozing!
Tayyorgarligingizni biz bilan maksimal qiling!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!
19.8K views05:42
Open / Comment
2024-04-02 07:56:54 Maktab bitiruvchilarini ingliz tili fanidan yakuniy imtihondan ozod qiladigan sertifikatlar ro'yxati

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 87-buyrug'i tasdiqlangan. Unga ko'ra, o'quvchilarda tegishli sertifikatlarning eng kamida B1 darajasi bo'lsa, o'sha fan bo'yicha yakuniy davlat imtihonlaridan ozod qilinadi. Ingliz tili fani bo'yicha tan olinadigan sertifikatlar quyidagilar:

1. Milliy Sertifikat - B1
2. IELTS - 4.5
3. TOEFL iBT - 42
4. TOEFL ITP - 460
5. Cambridge Assessment PET

@uzteachers
31.1K views04:56
Open / Comment