🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 62.67K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 10

2024-04-02 09:05:02
Chet tili fanlaridan attestatsiya imtihonlari 10-13 may sanalarida o'tkazilishi mumkin (norasmiy xabar)

Bizga yetib kelgan jadvalga ishonadigan bo'lsak, chet tili fanlari bo'yicha attestatsiya imtihonlari 10-13 may sanalariga to'g'ri kelishi mumkin. Bu rasmiy ma'lumot emas. Hozirda rasmiy manbalarda sanalar hali e'lon qilinmagan.
Lekin ushbu jadval rost bo'lsa attestatsiya imtihonlari may oyining oxirgi 10 kunligigacha cho'zilishi mumkin.

Rasmiy ma'lumotlarni kutib qolamiz!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!
34.0K views06:05
Open / Comment
2024-04-02 08:42:33
Attestatsiyaga onlayn testlar orqali tayyorlaning!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, huddi attestatsiya imtihonidagi kabi test platformani yo'lga qo'ydik!
Platforma sizga 50ta testni taqsimlab beradi.
Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading) 35ta
Kasb standartidan 5ta
Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

3000 ga yaqin savollar bazasi
1.5 soat ajratilgan vaqt
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi

Savollar oldingi yillarda tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi. FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (polniy dostup) narxi 90 ming so'm.
Faqat ped mahorat qismini o'ziga dostup olish 30 ming so'm.

To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
Attestatsiya imtihonlari tugaguncha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun @uzteachers_admin ga yozing!
Tayyorgarligingizni biz bilan maksimal qiling!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!
19.8K views05:42
Open / Comment
2024-04-02 07:56:54 Maktab bitiruvchilarini ingliz tili fanidan yakuniy imtihondan ozod qiladigan sertifikatlar ro'yxati

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 87-buyrug'i tasdiqlangan. Unga ko'ra, o'quvchilarda tegishli sertifikatlarning eng kamida B1 darajasi bo'lsa, o'sha fan bo'yicha yakuniy davlat imtihonlaridan ozod qilinadi. Ingliz tili fani bo'yicha tan olinadigan sertifikatlar quyidagilar:

1. Milliy Sertifikat - B1
2. IELTS - 4.5
3. TOEFL iBT - 42
4. TOEFL ITP - 460
5. Cambridge Assessment PET

@uzteachers
31.1K views04:56
Open / Comment
2024-04-02 06:52:20
Bugundan "O'quv markaz" ochish uchun 50 mln so'mgacha subsidiya ajratish boshlandi!

Endi qishloq hududlarida ham xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan nodavlat ta'lim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Subsidiya olish uchun talabgorlar kalendar yilning har choragida oyning 10 sanasiga qadar my.gov.uz portalidagi «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatidan foydalanadi.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! Subsidiya olish tartibi ushbu videolavhada

@uzteachers
22.5K views03:52
Open / Comment
2024-04-01 03:18:05
4-CHORAK uchun tarqatmalar to'plami tayyor bo'ldi!

Darslaringizga mazmun olib kirish uchun, uning SIFATINI bir pog'ona ko'tarib berish uchun siz aziz ustozlarga sinflar kesimida turli qiziqarli topshiriqlardan iborat, rang-barang tarqatma va elektron materiallarni to'plam holiga keltirdik!

YANGI DARSLIK (GUESS WHAT va PREPARE) asosida barcha sinflar uchun 4-CHORAK uchun tarqatma va ko'rgazmalardan iborat to'plamni sizga taklif etamiz!

To'plam ichida har bir UNIT bo'yicha
Worksheetlar (docx. pdf)
Flashcard (pdf)
Power Point fayllari (ppt, pptx)
Mavzuga oid rasmlar (jpg, png)

kabi qiziqarli fayllar berilgan
Har bir unit bo'yicha 40tadan 80tagacha turli fayllar bor.

HAR BIR sinf 4-CHORAGI 30 MING so'mdan

An'anaviy doska-mel usulidan voz kechib, darslaringizga maksimal darajada sifat olib kirish vaqti keldi!

Tarqatmalar ELEKTRON variantda
. Telegram orqali yuboriladi. Namunalarimiz bilan quyida tanishing:

1-sinf | 3-sinf | 5-sinf
7-sinf | 10-sinf

Murojaat uchun @uzteachers_admin

Iltimos, xabarni YAXSHILAB o'qib, namunalar bilan tanishib keyin murojaat qiling!

@uzteachers
13.7K views00:18
Open / Comment
2024-03-31 11:51:36 Necha bal yig'sam attestatsiyadan o'taman?

Joriy yilda, attestatsiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

-bosqich
Attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

- bosqich
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat'iy nazar toifa tushirilmaydi.

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!
20.6K views08:51
Open / Comment
2024-03-31 07:47:37
Attestatsiyaga onlayn testlar orqali tayyorlaning!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, huddi attestatsiya imtihonidagi kabi test platformani yo'lga qo'ydik!
Platforma sizga 50ta testni taqsimlab beradi.
Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading) 35ta
Kasb standartidan 5ta
Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

3000 ga yaqin savollar bazasi
1.5 soat ajratilgan vaqt
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi

Savollar oldingi yillarda tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi. FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (polniy dostup) narxi 90 ming so'm.
Faqat ped mahorat qismini o'ziga dostup olish 30 ming so'm.

To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
Attestatsiya imtihonlari tugaguncha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun @uzteachers_admin ga yozing!
Tayyorgarligingizni biz bilan maksimal qiling!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!
18.9K views04:47
Open / Comment
2024-03-31 07:00:23 Pedagog kadrlarni kasbiy 
sertifikatlashdan oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida


MMTV ning buyrug‘i 2024-yil 22-fevral 51-son

@uzteachers
19.0K views04:00
Open / Comment
2024-03-30 13:22:07
1100 dollar evaziga ingliz tilidan sertifikat olib berishni va'da qilgan firibgar qo'lga tushdi

Surxondaryo viloyat Termiz shahrida ingliz tili bo'yicha TOEFL sertifikatini olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o'tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Fuqaro M.R boshqa bir fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta'limning magistratura bosqichiga o'qishga kirishi uchun TOEFL sertifikatini olib berishni va'da qilib, evaziga 1 100 AQSH dollari va 1,2 mln so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, joriy yilda O'zbekistonda chet tilini bilish bo'yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o'qish puli ham to'lab berilishi aytilgan edi.
Manba

@uzteachers
24.3K views10:22
Open / Comment
2024-03-30 07:04:15 Mazkur o'quv yilida 9- va 11-sinf o'quvchilarining qaysi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlari topshirishi ma'lum bo'ldi

Bu haqida "2023-2024-o'quv yilida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida"gi MMTV ning 20.03.2024 yildagi 87-buyrug'i imzolandi.

Unga ko'ra:

9-sinflar uchun
:

Ona tili va adabiyot (yozma)
Matematika (yozma)
Davlat tili (ta'lim o'zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun)
Tarix (og'zaki)
Jismoniy tarbiya (amaliy)

11-sinflar uchun:

Ona tili va adabiyot (yozma, insho)
Matematika (yozma)
O'zbek tili (ta'lim o'zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun) (yozma, og'zaki)
O'zbekiston tarixi  (yozma, og'zaki)
CHet tili  (yozma, og'zaki)
O'quvchining tanlovi bo'yicha: Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya (yozma) fanlaridan imtixon topshiradi.

Buyruq matni va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

@uzteachers
41.1K views04:04
Open / Comment