🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Topics from channel:
Rasmiy
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Topics from channel:
Rasmiy
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 62.45K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 8

2024-04-19 08:40:45
Yaxshi yangilik!

Saytda olib borilgan texnik ishlar to'liq yakuniga yetdi! Kuchliroq serverlarga o'tib oldik!
Bepul repetitsion testlar yechish qayta tiklandi! Bemalol ishlayverasiz!
3000 ta bazadan iborat pullik versiyaga dostup olish uchun @uzteachers_admin profiliga yozing.

Repetitsion TEST 1

Repetitsion TEST 2

Agar sizda testlarni oxirigacha ishlamasdan chiqib ketish holati kuzatilayotgan bo'lsa, bu aslo saytdan emas. Asosan telefonizdagi CHROME ni kesh xotirasi to'lganidan bo'ladi. (Samsung telefonlarida ko'p kuzatiladi bu holat). Bu holatda yoki keshni tozalang yoki telefonizdagi boshqa brauzerdan kiring. Boshqa brauzer bo'lmasa Play marketdan o'rnating!

Phoenix Browser (eskiroq qurilmalar uchun)

Opera Browser

Firefox Browser

Test linkini copy qilib, boshqa browserga paste qilasiz va kirib ishlayverasiz!

@uzteachers
13.8K views05:40
Open / Comment
2024-04-18 19:30:45
Hozirda  11-may   uchun ro'yxatdan o'tish davom etmoqda. Registratsiya xizmati uchun  @forcefr yoki @forcefr1 ga murojaat qiling.


@cefr_information_uz
19.0K views16:30
Open / Comment
2024-04-18 08:53:41
"Attestatsiyaga X-variant bor. 100$ dan"

Attestatsiya yaqinlashgani sari ustozlarni chuv tushirmoqchi bo'lib, puliga ko'z tikadiganlar ham ko'payib boradi.
Agar sizga kimdir ma'lum summa evaziga X-variant taklif qilsa aslo ularga ishonmang. Attestatsiya savollarini x-variantlari yo'q. Pulingizni olib, qo'lingizga eski testlarni berib qo'yishadi. Siz u testlarni yodlash bilan ovora bo'lib yurganingizda esa firibgarlar allaqachon Kanada chegarasida bo'lishadi.
Aldanganingizni tushunganizda esa kech bo'ladi.
O'tkizib qo'yaman, tanish bor, aniq tushadigan savollar bor deydiganlarga ishonmang!

@AttestatsiyaINFO
23.8K views05:53
Open / Comment
2024-04-18 07:23:35 Oʻquvchi darsda daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarlikka tortiladi

Oʻquvchi daftar tutmagani uchun oʻqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʻlib, unga koʻra yuqoridagi shaxslar:

oʻz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Aynan mana shu majburiyatlar oʻquvchining qonuniy vakillarining oʻquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021-yil 206-sonli buyrugʻiga asosan tasdiqlangan oʻqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʻqituvchining oʻquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʻllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Manba

@uzteachers
48.3K views04:23
Open / Comment
2024-04-17 17:39:02 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-04-17

Bilimni baholash agentligi

@uzteachers
24.2K views14:39
Open / Comment
2024-04-16 21:14:01 Test platformamiz bir muddat ishlamay qoldi. Bunga sabab saytga nagruzkaning ko'payib ketganligi bo'ldi. Hozirda sayt faoliyati qayta tiklandi. Kuchliroq serverlarga o'tish uchun ariza berdim.
Men pullik dostup berganlarga ming tayinlagan bo'lsam ham linklarni tarqatib yurgani sabab, trafik rejadan ancha oshib ketyapti. Kim dostup olgan bo'lsa, iltimos faqat o'zi foydalansin. Boshqa odamlar bilan bo'lishmasin. Saytga bunaqa katta nagruzka tushaversa, umuman siz va tanishlariz tugul hech kimga nasib qilmay qoladi. Qayta tiklash ko'p vaqt va harajat talab qiladi. Nagruzkani kamaytirish uchun saytidagi bepul repetitsion testlarni yopib, platformaga qabulni ham cheklab turaman.
To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman! Kuchliroq serverga o'tgandan keyin qayta ochishga harakat qilaman.

@uzteachers
17.1K viewsedited  18:14
Open / Comment
2024-04-16 17:40:38
Endi borib borib telefon ekranini yorug'liginiyam pasaytirib yuradigan bo'lib ketamiz shekilli...
Bilib bo'ladimi 200kw dan oshib ketsa...
#joke_time

@uzteachers
21.1K viewsedited  14:40
Open / Comment
2024-04-16 15:54:34
PKA-2024 O'qituvchilar uchun yana bir qulaylik

Endilikda toifa testlari bo'yicha e'tirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin
!

@uzteachers
22.4K views12:54
Open / Comment
2024-04-16 14:40:01
Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamaga qo‘yilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, o‘quvchi xorijiy davlatga chiqishidan oldin maktab direktorining roziligi olinishi talab etiladigan bo‘ladi.

https://kun.uz/81894407

@uzteachers
22.1K viewsedited  11:40
Open / Comment
2024-04-16 07:58:33
Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

@uzteachers
24.0K views04:58
Open / Comment