🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Oʻquvchi darsda daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarlikka t | School English Teachers

Oʻquvchi darsda daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarlikka tortiladi

Oʻquvchi daftar tutmagani uchun oʻqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʻlib, unga koʻra yuqoridagi shaxslar:

oʻz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Aynan mana shu majburiyatlar oʻquvchining qonuniy vakillarining oʻquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021-yil 206-sonli buyrugʻiga asosan tasdiqlangan oʻqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʻqituvchining oʻquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʻllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Manba

@uzteachers