🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 62.67K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 6

2024-04-16 15:54:34
PKA-2024 O'qituvchilar uchun yana bir qulaylik

Endilikda toifa testlari bo'yicha e'tirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin
!

@uzteachers
22.4K views12:54
Open / Comment
2024-04-16 14:40:01
Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamaga qo‘yilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, o‘quvchi xorijiy davlatga chiqishidan oldin maktab direktorining roziligi olinishi talab etiladigan bo‘ladi.

https://kun.uz/81894407

@uzteachers
22.1K viewsedited  11:40
Open / Comment
2024-04-16 07:58:33
Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

@uzteachers
24.0K views04:58
Open / Comment
2024-04-15 07:29:35
VAQT OZ QOLDI! TAYYORGARLIK UCHUN HAR BIR DAQIQA G'ANIMAT!

ATTESTATSIYAGA ONLAYN TESTLAR ORQALI TAYYORLANING!


Sizga qulaylik yaratish maqsadida, huddi attestatsiya imtihonidagi kabi test platformani yo'lga qo'ydik!
Platforma sizga 50ta testni taqsimlab beradi.
Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading) 35ta
Kasb standartidan 5ta
Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

3000 ga yaqin savollar bazasi
1.5 soat ajratilgan vaqt
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi

Savollar oldingi yillarda tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi. FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (polniy dostup) narxi 90 ming so'm.
Faqat ped mahorat qismini o'ziga dostup olish 30 ming so'm.

To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
Attestatsiya imtihonlari tugaguncha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun @uzteachers_admin ga yozing!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!
22.8K viewsedited  04:29
Open / Comment
2024-04-15 06:49:05
Bugundan umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlandi.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

Chet tili o'qituvchilari uchun sinovlar 10, 11, 13-may kunlari bo'lib o'tadi.

@uzteachers
12.6K views03:49
Open / Comment
2024-04-14 07:46:07 Attestatsiya imtihoniga bormasa nima bo'ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2021 yildagi 572-son qaroriga 3-bob 45-bandiga ko'ra,
Pedagog kadrlar attestatsiyada UZRLI SABABga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.
Lekin 46-bandga ko'ra, UZRSIZ SABABga ko'ra majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan bo'lsa, u attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘ona tushiriladi.
Uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan MUTAXASSIS (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Navbatdan tashqari attestatsiyada esa to'lovingizga kuyasiz lekin hech qanday salbiy qaror qabul qlinmaydi!

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!
18.1K views04:46
Open / Comment
2024-04-13 07:49:07
Maktablarda davomat pasayishi nima bilan bog‘liq? – MHTI tahlillarini e’lon qildi

Tahlillar O‘zbekistonda bolalarning maktabga borishiga ularning betob bo‘lib qolishi, ota-onasiga yordam berishi, repetitorga borishi kabi holatlar to‘sqinlik qilganini ko‘rsatdi. Vaziyatni o‘nglashda pedagoglar malakasini oshirish, maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda ota-onalarning farzand ta’limidagi ishtirokini oshirish kerakligi muhim tavsiyalardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

https://kun.uz/18092749

@uzteachers
21.4K viewsedited  04:49
Open / Comment
2024-04-12 09:04:24
Interaktiv smart doska 65-dyum

Smart doskalar televizor narxida bop ketdi! Qimmatlab ketmasidan olib qoling!

Zamonaviy ingliz tili o'qituvchilarning 1-raqamli orzusi desam hech ham adashmagan bo'laman. Ta'limni bir necha pog'ona yuqoriroqqa olib chiqib beradigan qurilma keldi.
Android 11 da ishlaydi. To'liq sensor.
2ta ruchkasi bor
Vazni: 49 kg
Devorga mahkamlash uchun moslamalari bor
Bir necha USB, HDMI va Type-C portlarga ega
Narxi: 790$

To'lov usuli naqd, klik yoki perechisleniye yoki muddatli

1 yil kafolati bor!

Muddatli to'lovga:
6 oyga = 2 026 000 so'mdan
12 oyga = 1 256 000 so'mdan

Buyurtma berish uchun @webadmin24 ga yozing yoki
+998907500985 raqamiga bog'laning.

O'zbekiston bo'ylab tezkor (1-3 kunda) yetkazib berish xizmati bor!

Manzilimiz: Namangan viloyati, Norin tumani, Haqqulobod shahar, O'zbekiston ko'chasi. Mo'ljal: Madaniyat saroyi yonida
Lokatsiya

@hr_laptops
13.7K views06:04
Open / Comment
2024-04-12 08:28:52 Necha bal yig'sam attestatsiyadan o'taman?

Joriy yilda, attestatsiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

-bosqich
Attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

- bosqich
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat'iy nazar toifa tushirilmaydi.

@AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!
15.1K views05:28
Open / Comment
2024-04-11 08:07:15 Maktablarda o'qituvchilar o'rtasida navbatchilik shakllantirilishi qonuniymi?

Assalomu aleykum meni murojatim shundan iboratki man maktabda fan o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelmoqdaman maktada dars kamligi un boshqa maktabda xam o‘rindoshlik vazfasida ishlab ro‘zg‘or tebratyapman shu ishlar ichida asosiy maktabimda navbatchilik qilish muammosi juda ko‘p bo‘lyapti men turolmayman vaqtim yo‘q desam bu majburiy adliyadan tasdiqlatib keldik deyishdi 206 - modda bekor qilingan deb aytishyapti xam bu rostan xam majburiymi shuni qonunniy isbotlashimga amaliy yordam berila javob un oldindan raxmat

YURIST JAVOBI:

O'qituvchilarga navbatchilik qilish majburiyatini yuklashning o'zi noto'g'ri.

CHunki
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 20 - dekabrdagi 565-sonli buyrug'iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o'qituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yo'q.

Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas.

Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga ko'ra ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilmagan ishni bajarishni;
qonunga xilof bo'lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, ularning sha'ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.

Bundan ko'rinib turibdiki, ish beruvchi o'qituvchilarga ularning mehnat vazifangizdan boshqa ishni buyurishi qonunan ta'qiqlanadi.

Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya'ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Shunga ko'ra maktabda o'qituvchilar o'rtasida navbatchilikni shakllantirish noqonuniy hisoblanadi.

Manba: @Yurist_Xizmati

@uzteachers
23.8K views05:07
Open / Comment