🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tili o'quv soatlarida o'zgarishlar bor! MMTV ning 2024-y | School English Teachers

Chet tili o'quv soatlarida o'zgarishlar bor!

MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi. Undagi asosiy o'zgarishlardan biri chet tili o'quv soatlarining ba'zi sinflarda o'zgarishi bo'ldi. Endilikda:

1-sinflar uchun haftasiga 1 soat
5-6-sinflarda haftasiga 4 soat
11-sinflarda haftasiga 2 soat chet tili darslari o'tiladi.

Qolgan sinflarda o'zgarishlar yo'q.

Umumiy soatlarda o'zgarish yo'q. Oldingi yilda 1-11-sinfgacha 29 soat chet tili uchun ajratilgan bo'lsa, keyingi yil uchun ham 29 soatligicha qolgan. 1 va 11-sinf 1 soatdan qisqargani hisobiga 5-6 sinflarga 1 soatdan qo'shib berilgan.

Ushbu tayanch o'quv reja 2024-2025-o'quv yilidan amal qiladi.

@uzteachers