🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Shaxsiy ma'lumotlaringizni asrang, aks holda firibgarlar undan | School English Teachers

Shaxsiy ma'lumotlaringizni asrang, aks holda firibgarlar undan foydalanishlari mumkin!

Oldinroq, firibgarlar MIB, Prokuratura, Sud nomidan telegram foydalanuvchilariga yozib, jarimasi borligini, tezda to'lash kerakligini, jarima bilan tanishish uchun ilovani yuklab olish kerakligi aytib spam xabar yuborayotgani haqida xabar bergan edim. Bu holat so'nggi kunlarda ancha ko'payib qoldi. Xurmatli fuqaro Falonchi Pistonchi, Passport seriya AA12345678, tug'ilgan sana 01.02.1988 deb boshlangani uchun ko'pchilik uni rostanam MIB dan deb ishonyapti. Bu bo'yicha ushbu postda ogohlantirish bergan edim. Endigi masala shaxsiy ma'lumotlar haqida. Xo'sh uni firibgarlar qanday qo'lga kiritishyapti?
Menimcha telegram kanallardan. Telegram kanallarning ham RASMIYLARIDAN! Sababi bizda birovning shaxsiy ma'lumotlariga bepisandlik bilan qaraladi. Masalan men joylagan mana bu postda vazir jamg'armasiga uzrli qatnasha olmay qolgan pedagoglar ro'yxati berilgan. Men undagi passport seriya, JSHSHIR raqami, telefon raqami kabi shaxsiy ma'lumotlarni o'chirib, faqatgina ism familiya va maktabni qoldirib joylaganman. Lekin uni to'liq versiyasini rasmiy kanallar qaramay qo'yib tashlashgan. Tabiiyki firibgarlar uchun tayyor o'ljalar ro'yxati. Bundan o'zlarining maqsadi yo'lida foydalanmay qolishmaydi.
Undan tashqari ayrim rasmiy tashkilotlarning telegram kanallariga ham jiddiy e'tirozim bor. Murojaat botiga kelgan murojaatchilarning ism familiyasi, telefon raqamlari, ishlaydigan maktablarigacha berkitmasdan e'lon qilib borishadi. Bu ham firibgarlarga yoki yomon niyatdagi odamlarga qo'l kelishi mumkin.
Shu sabab o'zimizning shaxsiy ma'lumotlar bilan birgalikda o'zgalarnikiga ham e'tiborli bo'lishimiz kerak.
Yana bir muhim narsani yodda tutish kerakki, hech qaysi davlat organi telegram orqali murojaat qilmaydi, biror ilovani o'rnatishni so'ramaydi!

@uzteachers