Get Mystery Box with random crypto!

School English Teachers

Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers S
Logo of telegram channel uzteachers — School English Teachers
Channel address: @uzteachers
Categories: Education , Languages
Language: English
Subscribers: 63.10K
Description from channel

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal
"HR Edu-Servis" MCHJ
GUVOHNOMA: №865873
Sayt: www.hasanboy.uz
Yordamchi admin: @uzteachers_admin
Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 299

2021-03-14 20:06:11 O‘qituvchilarga eng ko‘p maosh qaysi davlatda berilishi ma'lum qilindi

Dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘qituvchilarning oylik maoshlari miqdori e'lon qilindi. Mashaqqatli kasb egalariga eng ko‘p haq to‘lanadigan davlat, kutilmaganda, Lyuksemburg bo‘lib chiqdi.

Qayd etilishicha, Yevropa markazida joylashgan ushbu mamlakatda o‘qituvchilar yiliga o‘rtacha 68 120 AQSh dollari ishlab topadi. Undan keyingi o‘rinda 52 863 dollar bilan eng boy va qimmat davlatlardan biri Shveysariya turibdi. Yuqori uchlikni Germaniya yakunlab bergan – 51 583 dollari.

Top-10da Daniya (45 908 dollar), AQSh (42 255 dollar), Norvegiya (40 814 dollar), Avstraliya (39 819 dollar) va Kanada (39 511 dollar) bor. Osiyo qit'asida esa, pedagoglarga eng katta maosh Yaponiyada to‘lanadi – yiliga 28 101 dollar. Undan keyingi o‘rinda Janubiy Koreya (26 910 dollar). Osiyoning boshqa mamlakatlari va MDH davlatlari haqida ma'lumot berilmagan.

Darvoqe, o‘qituvchilarga to‘lanadigan maosh va mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi ajablanarli emas. Masalan, Lyuksemburgda kishiga boshiga yalpi ichki mahsulot – 101 640 AQSh dollari. Kuchli uchlikdagi Shveysariyaniki 61 902 dollar bo‘lsa, Germaniyada bu ko‘rsatkich - 47 092 dollar.
@Zafarbek_Solijonov

@uzteachers
5.6K viewsedited  17:06
Open / Comment
2021-03-14 12:22:21
Rasul Kusherbayev shu yil boshida men kanalimda aytgan fikrlarimni (https://t.me/uzteachers/9643) takrorlabdi. Bu borada firklarimiz o'xshash ekan. Afsus, sharoitlar faqat jarima undirishgagina yaratilyapti. Jarimaga tortilishiz uchun hamma sharoit bor. To'lash uchun hamma sharoit bor. Lekin yashashimiz uchun zarur shart-sharoitlar oxirgi darajalarda

@uzteachers
10.6K viewsedited  09:22
Open / Comment
2021-03-13 21:49:01 Ta'limdagi eng samarasiz usullardan bittasi bu yodlab olish usuli. Yoshlikdan maktab davridan ma'lumot olishga, uni tahlil qilishga, mavzu bo'yicha fikrlarimizni bildirishga emas faqat yodlab aytib berishga o'rgatilganmiz. Buning natijasida, bugungi kunda ham asorati saqlanib qolgan. Imtihon va attestatsiyalarga tayyorlangimiz, bilimimiz ustida ishlagimiz kelmay qolgan. Shu tayyor savol javoblari bo'lsayu yodlab olib, kirib o'tib chiqsak. Savolni shabloni biroz boshqacharoq bo'lsa ham, yodlaganimizga to'g'ri kelmay qolsa ham javobini topolmaymiz. Oxirgi hafta guruh va kanallar bir xil mazmundagi "iltimos toshkentliklar, tushgan savollarni tashlang" degan xabarlarga to'lib ketdi. Falon mavzulardan tushdi desa bunga ham qanoat qilishmay "yo'q menga aynan nimalar tushganini ayting men shu bo'yicha tayyorgarlik ko'raman" deyishadi. Attestatsiyaga tayyorgarlik bir oy oldin testlarni yodlashdan boshlanadi. Bir yil oldin biladi attestatsiyaga topshirishini lekin tayyorgarlik ko'rishmaydi. Shu iloji boricha oxiriga taqab, tayyor tushayotgan savollarni topib kirib o'tib chiqish kerak. Bo'lmasam kanalimda manbalar, nimalardan tayyorlanish kerakligini tez-tez tashlab boraman. Lekin imtihon vaqti kelguncha deyarli hech kim bularga ahamiyat bermaydi. Bilimni qadri ham ahamiyati ham qolmayapti, afsus.
Bilimsiz o'qituvchi degani bu huddi malakasiz shifokor, no'noq quruvchi kabi. Lekin unday shifokor 10-15 nafar odamni hayotiga zomin bo'lsa, quruvchi 3-4 ta binoni boshini yesa, bilimsiz o'qituvchi avlodlarni ma'rifatsiz bo'lishiga sababchi bo'ladi. Uy ishlari, ro'zg'or, telegram, instagramlardan ortganizda bilimiz ustizda ham ishlab qo'ying. Yodlab emas, nimadir o'rganaman deb, bilimlarimdagi kamchiliklarimni to'ldiraman deb o'qing. O'qib-o'rganishdan hech ham charchamang!

@uzteachers
8.6K views18:49
Open / Comment
2021-03-13 10:06:58
Video dars. Ingliz tili 9-sinf 16.02.2021
Mavzu:This party believes that ...
#9sinf #video_lesson

@uzteachers
4.0K viewsedited  07:06
Open / Comment
2021-03-13 10:06:58

Video dars. Ingliz tili 8-sinf 16.02.2021
Mavzu:What is science?
#8sinf #video_lesson

@uzteachers
3.9K viewsedited  07:06
Open / Comment
2021-03-13 10:06:09

Video dars. Ingliz tili 7-sinf 16.02.2021
Mavzu: My favourite hobby is ...
#7sinf #video_lesson

@uzteachers
2.3K viewsedited  07:06
Open / Comment
2021-03-13 10:06:03

Video dars. Ingliz tili 6-sinf 16.02.2021
Mavzu:Round the world in 14 days
#6sinf #video_lesson

@uzteachers
2.1K viewsedited  07:06
Open / Comment
2021-03-13 10:05:56

Video dars. Ingliz tili 5-sinf 16.02.2021
Mavzu:Furry friends
#5sinf #video_lesson

@uzteachers
2.0K viewsedited  07:05
Open / Comment
2021-03-13 10:05:47
Video dars. Ingliz tili 4-sinf 16.02.2021
Mavzu:I like biking
#4sinf #video_lesson

@uzteachers
1.9K viewsedited  07:05
Open / Comment
2021-03-13 10:05:35
Video dars. Ingliz tili 3-sinf 16.02.2021
Mavzu:Water, forest. mountain, desert
#3sinf #video_lesson

@uzteachers
1.9K viewsedited  07:05
Open / Comment