Get Mystery Box with random crypto!

Tiflosharhlovchi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim granti Madani | Webster University in Tashkent

Tiflosharhlovchi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim granti

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar huquqlarini himoya qilish va ularni reabilitatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi muassasasi "Reakomp" Instituti hamkorligida ikkinchi yil O‘zbekistonda tiflosharhlovchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturi tashkil etilmoqda.

Grant — ta’lim dasturi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv mashg‘ulotlari ikki bosqichda o'tkazilib, ular onlayn-kurs hamda Moskvadagi "Reakomp" Institutida kunduzgi ta’limdan iborat bo‘ladi. Dastur bitiruvchilari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarga yordam berish maqsadida O‘zbekistondagi teatrlarda ish bilan ta’minlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar passport nusxasi, motivatsiya xati, avtobiografiya, rezyume, oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat nusxasini tiflo@acdf.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh., Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘ch., 1-uy manziliga yuborishlari lozim.

Arizalar 2022-yil 25-fevralgacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
78 207 40 10

@acdfuz