🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

2021 – yilda Junior Full Stack dasturchi bo’lish yo’l xaritasi | Wordpress Developers

2021 – yilda Junior Full Stack dasturchi bo’lish yo’l xaritasi
2021 – yilda Junior Full Stack dasturchi bo’lish yo’l xaritasi
Web dasturlashni o'rganish kerak. Nimadan boshlash kerak? Nima qilish kerak? Nimalarni o'rganish kerak? degan savol o'rtaga chiqadi. Bu maqolada siz bilan biz, junior Full Stack dasturchi bo'lish yo'l xaritasini ko'rib chiqamiz. Oldingi maqolalarimizdan farqli o'laroq, bu maqola orqali bizning maqsadimiz dasturlash olamida o'z yo'lingizni topishga yordam berish.

1 — HTML, CSS va JavaScript dan boshlaymiz.

Veb dasturlashga kirishda 3ta asosiy texnologiyani o'rganish kerak. Juda ham kam vaqt sarflagan holda, asosiy urg'uni natijalarga qaratib HTML, CSS va JavaScriptni o'rganamiz.

HTML va CSS texnologiylarini o'rganish uchun Youtubeda birqancha kurslar bor, shulardan Saidbek va Muhammadjavohirlarni mutlaqo bepul kurslarini taklif qilaman.

JavaScript bo'yicha ham Farxod akani kurslarini ko'rib chiqishni maslahat beraman.

O'quv markazlarga borib, dasturlashni o'rganishni rejalashtirganlarga esa, Najot ta'lim tashkil qilgan Veb dasturlash va Backend kurslarini taklif qilgan bo'lardim.

2 — Frameworklar

Frameworklar — bu barcha umumiy funksiyalarni ancha tez va oson bajarishga imkon beradigan vositalardir. Frameworklar orqali biz hayotimizni ancha osonlashtiramiz. HTML, CSS va JSni o'rgangandan keyin, endi navbat CSS frameworklari va JavaScript kutubxona va frameworklariga keladi.

Bootstrap — bu oson sozlanadigan interfeys elementlaridan iborat va sizga veb-saytlarni tezda yaratishga imkon beradigan CSS Frameworkidir. Bootstrapni o'rganing va CSS imkoniyatlaridan osonlikcha foydalaning.

Materialize —Materialize Design ham CSS frameworki bo'lib. CSS imkoniyatlaridan osonlikcha foydalanish imkonini beradi.

Ingliz tilini bilsangiz sizga Udemyda quyidagi kursni taklif qilgan bo'lardim.

3 — jQuery

jQuery — HTML DOM faoliyati va manipulyatsiyasini soddalashtirish uchun yaratilgan JavaScript kutubxonasi, shuningdek voqealarni boshqarish, CSS animatsiyasi va Ajaxlar bilan ishlashni ham soddalashtiradi.

Nega jQuery? Bu axir juda eski texnologiya dersiz. Ammo hozir ham aksar veb sahifalar aynan jQueryda yozilganligicha qolib ketgan. Bu texnologiyani o'rganishingiz sizga zarar bermaydi. jQuery juda sodda kutubxona bo'lib, u taqdim qiladigan boshlang'ich imkoniyatlardan foydalanib ko'ring. Keyinchalik, React, yoki Angularga o'tsangiz ishlash muhiti osonlashadi.

4 — WordPress

Qo'limiz kelishib qoldi. Endi biz natijalar ko'rishni istaymiz. Dasturlashdan chiqib ketish, depressiya aynan qiyinchiliklarga uchradingiz keyin boshlanadi. Ya'ni natijasiz, consoleda kodlar yozish joningizga tegadi. Shu joyda hech qayerga ketmasdan, burilmasdan, maqsad sari intilamiz.

WordPressni o'rganamiz.

WordPress — bu chiroyli veb-sayt, blog yoki dastur yaratish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan ochiq manbali(open source)dastur.

Butun dunyoning 25% dan ortiq vebsaytlari aynan WordPressda qilingan bo'lib. Blog veb sahifadan boshlab, korporativ veb sahifalargacha aynan shu open source dasturdan foydalanib tuzishingiz mumkin.

Bir-ikki kun vaqt sarflab WordPressda o'z veb sahifangizni yarating.

Oddiy misol, shu siz o'qib turgan blog(muhammadxalil.uz sayti nazarda tutilmoqda) veb sahifa ham aynan WordPressda qilingan.

5 — Domen nomlari va xosting

Siz domen va xostinglar bilan ishlay olishingiz kerak. O'zingiz tuzgan veb sahifa, dasturlarni deploy qilishingiz uchun ham aynan xostinglar bilan ishlay olishingiz kerak.

Domen nomlarini va xostinglarni ro'yxatdan o'tkazish uchun aHostga murojat qilamiz. Taqdim qilingan, o'zimizga kerakli tariflarni belgilab xosting va domen ro'yxatdan o'tkazib, veb sahifamizni olamga taqdim qilamiz.

6 — Backend va Frameworklar

Shu yergacha siz asoslarni bilib oldingiz va yuqorida sanab o'tilgan vositalardan foydalanib, bir nechta oddiy veb-saytlarni yaratganingizdan so'ng, siz IT olamida yanada ko'proq natijalarga erishishni xohlab qoldingiz va veb-saytlarni qanday qilib professional ravishda yaratishni o'rganish mumkin degan!? Savolga javob izlab maqolani davomini o'qishni boshladingiz.